Mingeo mineral suv ishlab chiqarish boʻyicha Xitoy texnologiyalarini oʻrganmoqda
Oʻzbekiston Jizzax viloyatining Zomin tumanida alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishga Xitoyning JDB Group kompaniyasini jalb qilish imkoniyatini oʻrganmoqda. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, idora va «Oʻzbekgidrogeologiya» DUK vakillari Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Xitoyda boʻlib, JDB Group rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazdi. Tomonlar Xitoy kompaniyasining […] ishtirok etish istiqbollarini muhokama qildilar.

Mingeo mineral suv ishlab chiqarish boʻyicha Xitoy texnologiyalarini oʻrganmoqda
Oʻzbekiston Jizzax viloyatining Zomin tumanida alkogolsiz ichimliklar chiqarish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishga Xitoyning JDB Group kompaniyasini jalb qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, idora va «Oʻzbekgidrogeologiya» DUK vakillari Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Xitoyda boʻlib, JDB Group rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Tomonlar Xitoy kompaniyasining Oʻzbekistondagi loyihani amalga oshirishda ishtirok etish istiqbollarini muhokama qildilar. Tashrif davomida delegatsiya, shuningdek, Kunlun togʻlarida dengiz sathidan taxminan 4,2 ming metr balandlikda joylashgan ishlab chiqarish kompleksi bilan tanishdi.
Oʻzbekiston vakillariga mineral suv manbalari, uni ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari, tayyor mahsulotni qadoqlash jarayonlari va korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari koʻrsatildi.
Olingan tajribani Zomin tumanida loyihani amalga oshirish kontekstida oʻrganish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, vazirlik xabarida ishlab chiqarishni ishga tushirishning aniq muddatlari, investitsiyalar hajmi va korxonaning moʻljallangan quvvatlariga aniqlik kiritilmagan.

