Mahalliy

Milliy bog‘da 5 yoshli qiz suvga cho‘kib vafot etdi

Holat 5-avgust kuni poytaxtdagi Milliy bog‘ hududida joylashgan dam olish maskanida yuz bergan. Hozircha tegishli tashkilotlar holat yuzasidan rasmiy izoh bergani yo‘q.

Milliy bog‘da 5 yoshli qizning cho‘kib ketishi oqibatida vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Toshkent shahridagi Milliy bog‘ning plyajida 5-avgust kuni 5 yoshli qiz suvga cho‘kib vafot etgan.

Kun.uz muxbiri voqea joyiga borib, plyajning yopilganini aniqladi. Hodisa guvohlari bu holatning rostdan ham sodir bo‘lganini tasdiqlashdi.

Bog‘ ma’muriyati xodimlari ushbu voqea bo‘yicha izoh berishga vakolatli emasliklarini bildirishdi.

Hozircha tegishli tashkilotlar mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot bergani yo‘q.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kun.uz'ga ma’lumot berishicha, O‘zbekistonda 2026-yilning ikkinchi yarmida 111 kishi suvga cho‘kib vafot etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.