Sport

“Milan”, “Chelsi” va “Roma” klublarida ishlagan mutaxassislar O‘zbekiston terma jamoasida ish boshladi

“Milan”, “Chelsi” va “Roma”da ishlagan mutaxassislar O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga qo‘shildi

Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi yana ikki nafar italiyalik tajribali mutaxassis bilan to‘ldirildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, jamoaga fizioterapevt sifatida Silvano Kotti jalb etilgan. U ko‘p yillik xalqaro tajribaga ega bo‘lib, avval Italiya va Xitoy milliy terma jamoalarida, shuningdek, “Inter”, “Milan”, “Chelsi” hamda “Roma” kabi Yevropaning top-klublarida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, biolog-nutritsiolog va sport nutriyasi bo‘yicha mutaxassis Andrea Iuliano ham O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabidan o‘rin oldi. U bungacha Italiyaning “Udineze” klubida hamda Shveysariya yoshlar (U-21) terma jamoasida aynan sport nutritsiologi sifatida ishlagan.

“Ushbu yangi mutaxassislar O‘zbekiston milliy terma jamoasining tayyorgarlik jarayonlarida futbolchilarning jismoniy holati, mashg‘ulot va o‘yinlardan so‘ng to‘g‘ri tiklanishi hamda sport ovqatlanishi yo‘nalishlariga bevosita mas’ul bo‘ladi”, deyiladi O‘FA xabarida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 21-sentyabr kuni navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi. “Oq bo‘rilar” ushbu tayyorgarlik doirasida jami uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Xususan, futbolchilar 24-sentyabr kuni Eron, 1-oktyabrda Suriya va 6-oktyabr kuni Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi kuch sinashadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.