Mikel Arteta «Arsenal» bilan shartnomasini uzaytirdi
Bitim 2030-yilgacha moʻljallangan, uning moliyaviy shartlari eʼlon qilinmadi.

Mikel Arteta «Arsenal» bilan shartnomasini yangiladi
Angliyaning «Arsenal» futbol klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta klub bilan yangi bitimga imzo chekdi, deb xabar berdi londonliklar rasmiy sayti.
Shartnoma 2030-yilgacha amal qiladi, uning moliyaviy tafsilotlari oshkor etilmadi.
Arteta jamoani 2019-yil dekabridan beri boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligida «Arsenal» 2025/26-yilgi mavsumda Angliya chempioniga aylandi. Bundan tashqari, klub mamlakat kubogi hamda uch marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Arteta futbolchilik faoliyati davomida ham avval «Arsenal» safida to‘p surgan.

