Migratsiya agentligi shifokor va hamshiralarni Chexiya, Slovakiya va Polshaga ishga taklif etmoqda
Migratsiya agentligi shifokorlar, oliy ma’lumotli hamshiralar va tibbiyot og‘alarini Chexiya, Slovakiya va Polshaning Penta Hospitals International tibbiyot muassasalarida ishga taklif qilmoqda. Ish haqi 1800−2200 yevrodan boshlanadi. Tanlovdan o‘tganlarning til kurslari, yashash va viza xarajatlari qoplanadi.

Migratsiya agentligi shifokor va hamshiralarni Chexiya, Slovakiya va Polshaga ishga taklif qilmoqda
Migratsiya agentligi Slovakiyaning Penta Hospitals International kompaniyasi bilan hamkorlikda tibbiyot xodimlarini Chexiya, Slovakiya va Polshadagi tibbiyot muassasalariga ishga taklif etmoqda.
Tanlovda rus tilida erkin muloqot qila oladigan hamda so‘nggi ikki yil ichida tibbiyot oliy ta’lim muassasasini hamshiralik ishi yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan hamshira, tibbiyot og‘alari hamda shifokorlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlovdan o‘tgan nomzodlar uchun Migratsiya agentligining “Intil” xalqaro markazida 3 oylik jadallashtirilgan chex, slovak va polyak tili kurslari tashkil etiladi. Mashg‘ulotlar ushbu davlatlardan jalb etiladigan malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
Ta’lim va yashash xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan to‘lanadi. Shuningdek, agentlik nomzodlarga viza hujjatlarini rasmiylashtirishda to‘liq amaliy yordam ko‘rsatadi.
Taklif etilayotgan oylik ish haqi miqdori:
O‘quv jarayonlari 2026-yilning noyabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan. Viza rasmiylashtirish ishlari til kurslari bilan bir vaqtda olib boriladi.

