Migratsiya agentligi oʻzbekistonliklarga xorijda toʻlanmay qolgan 850 ming dollarlik ish haqini qaytarishga yordam berdi

Migratsiya agentligi oʻzbekistonliklarga xorijda toʻlanmagan 850 ming dollarlik ish haqini qaytarishga yordam berdi
2026 yilning toʻqqiz oyi davomida Migratsiya agentligi Oʻzbekiston fuqarolariga xorijda toʻlanmagan 850 ming dollarlik ish haqi va kompensatsiyalarni qaytarishda, shuningdek, ish beruvchilar va vositachilar tomonidan ushlab turilgan 532 ta pasport va shaxsni tasdiqlovchi hujjatni qaytarib olishda koʻmaklashdi.
Toʻlanmagan ish haqi va kompensatsiyalar boʻyicha eng koʻp murojaatlar Rossiyadan tushgan — 533 ta holat. Turkiyada 155 ta, Janubiy Koreyada 92 ta, boshqa mamlakatlarda esa yana 37 ta holat qayd etilgan.
Ish beruvchilar va vositachilar tomonidan hujjatlarning ushlab turilishi alohida muammo boʻlib qolmoqda. Agentlik 532 nafar fuqaroga pasport va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini qaytarishga yordam berdi. Rossiyada bunday holatlar 331 ta, Turkiyada — 185 ta, Qozogʻistonda — 11 ta, Janubiy Koreyada — beshtani tashkil etdi.
Xorijda ish haqi, hujjatlar yoki ishga joylashish bilan bogʻliq muammolar haqida 1282 qisqa raqami yoki @huquqiy_yordam_uzbot Telegram-boti orqali xabar berish mumkin. Murojaatlar tunu kun qabul qilinadi.
Avvalroq Migratsiya agentligi AQShning yirik rekruting kompaniyasi bilan bitim imzolagan edi. Hujjatda H-2A dasturi boʻyicha Oʻzbekiston fuqarolarini AQShdagi mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlariga tayyorlash va ishga joylashtirish nazarda tutilgan.

