Migratsiya agentligi Janubiy Koreyaga ishga joylashtirish xizmatini besh baravar arzonlashtirdi
Janubiy Koreyaga E-9 vizasi bo‘yicha ishga joylashtirish xizmati narxi 50 BHMdan 10 BHMgacha pasaytirildi. Boshqa

Migratsiya agentligi Janubiy Koreyaga ishga joylashtirish xizmatlari narxini besh baravar arzonlashtirdi
Migratsiya agentligi xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar uchun yangi tariflarni joriy qildi.
Yangi narxlar 2026 yil 20 oktyabrdan boshlab amal qiladi. Ular 20 oktyabrgacha tuzilgan shartnomalarga tatbiq etilmaydi.
Xususan, Janubiy Koreyaga E-9 vizasi orqali ishga joylashtirish xizmati narxi 50 BHMdan 10 BHMgacha tushirildi. Amaldagi hisob-kitobga ko‘ra 22 million so‘m bo‘lgan xizmat haqi endi 4,4 million so‘m etib belgilandi.
E-7 vizasi bo‘yicha ishga joylashish xizmati uchun ham 10 BHM, ya’ni 4,4 million so‘m miqdorida to‘lov belgilandi.
Yevropa mamlakatlari, Rossiya va arab davlatlariga agentlik orqali tashkiliy tartibda ishga joylashtirish xizmatlari 2026 yil 31 dekabrga qadar bepul ko‘rsatiladi. Biroq shartnomada ko‘rsatilgan hollarda xizmat haqini xorijiy ish beruvchi to‘lashi mumkin.
Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha yangi tariflar quyidagicha belgilandi:
Yaponiyaga texnologiyalar, gumanitar bilimlar va xalqaro munosabatlar yo‘nalishlaridagi bitiruvchilarni ishga joylashtirish xizmati 440 ming so‘mni tashkil etadi. Maxsus malakali ishchi va texnik stajirovka dasturlari bo‘yicha esa xizmat haqi 4,4 million so‘m etib belgilandi.
Ushbu tariflar faqat Migratsiya agentligi ko‘rsatadigan xizmatlarga tegishli. Viza rasmiylashtirish, aviachiptalar, tibbiy ko‘rik va boshqa xarajatlar alohida to‘lanishi mumkin.

