MIB ijro hujjatlari bilan onlayn tanishish imkoniyati yaratildi
Endi fuqaro oʻziga nisbatan yuritilayotgan ijro ishiga asos boʻlgan hujjatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrishi mumkin.

MIB ijro hujjatlari bilan onlayn tanishish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi
Majburiy ijro byurosiga (MIB) bormasdan, ijro ishiga asos bo‘lgan hujjatlar bilan onlayn tanishish imkoniyati yaratildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura.
Yangi elektron xizmat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali taqdim etiladi. Xizmatdan foydalanish uchun «Jarimalar» bo‘limidan «Ijro hujjatlari (MIB)» xizmatini tanlash kerak.
Mazkur xizmat orqali fuqaro o‘ziga tegishli ijro ishining asosini tashkil etuvchi hujjatlar bilan masofadan tanishishi mumkin. Buning uchun MIB bo‘limlariga shaxsan borish talab etilmaydi.

