Mey Mask, Jeki Chan va ilhomlantiruvchi kitoblar yozgan boshqa jahon yulduzlari

Mey Mask, Jeki Chan va ilhom baxsh etuvchi kitoblar yozgan boshqa jahon yulduzlari
Agar siz ishonchni mustahkamlashni, o‘zingizni sevishni va yangi yutuqlar uchun motivatsiya topishni istasangiz, mashhur Gollivud aktyorlarining ushbu avtobiografiyalari sizga, albatta, ma’qul keladi.
“Yana nimadir”, Dayan Kiton
Dayan Kiton Gollivudning eng nufuzli aktrisalaridan biri sanaladi. U Frensis Ford Koppola, Vudi Allen va boshqa mashhur rejissyorlar bilan do‘st. Mashhur aktrisa o‘z avtobiografiyasida nafaqat kino karyerasi, balki shaxsiy hayoti haqida ham ochiq so‘zlaydi. Masalan, u ota-onasi bilan bo‘lgan murakkab munosabatlari haqida hikoya qiladi.
“Shunchaki baxtli bo‘lish”, Keyt Hadson
Keyt Hadson salomatlik va fitnesning ahamiyatiga e’tibor qaratishga qaror qiladi. O‘z kitobida u ish va uy yumushlarini qanday uyg‘unlashtirishni o‘rgatadi. Aktrisa, shuningdek, orzuyingizdagi tanaga erishishga yordam beradigan maslahatlar bilan ham bo‘lishadi.
“Men baxtliman”, Jeki Chan
Jeki Chan esa o‘z kitobida hayot yo‘liga nazar tashlaydi. U tarjimayi holida shon-shuhrat sari yo‘lini ochiq bayon qiladi. Shu tariqa, siz aktyorning suratga olish maydoniga qanday kelib qolganini, qanday qilib kaskadyor sifatida ishlay boshlaganini va keyin Gollivudni zabt etganini bilib olasiz. Bundan tashqari, Chan oilasi bilan munosabatlari, shon-shuhrat va uning ta’siri haqida ham gapiradi. Ushbu kitob orqali Jekining siz bilmagan tomonlarini kashf etasiz.
“Yashil chiroq”, Metyu Makkonahi
Bu kitob “Oskar” mukofoti sovrindori Metyu Makkonahiga butunlay boshqacha nigoh bilan qarashga yordam beradi. “O‘ttiz besh yil davomida men o‘zimni qiziqtirgan, hayot yo‘limda menga yordam bergan narsalarni tushundim, esladim, tan oldim, to‘pladim va yozib qo‘ydim”, deydi aktyor. O‘z tarjimayi holida u hayotini qanday o‘zgartirgani haqida so‘zlab beradi. Masalan, Metyu Avstraliyada bir yil yashagan, yuridik maktabini kino institutiga almashtirgan, romantik komediyalarda rol o‘ynashni to‘xtatgan va jiddiy dramatik rollarni ijro eta boshlagan.
“Rejali ayol: baxtli hayot qoidalari”, Mey Mask
Mey Mask birinchi mag‘lubiyatdan keyin taslim bo‘ladigan ayollardan emas. 31 yoshida u 3 nafar bolasi bilan yolg‘iz qoladi, 60 yoshida esa modellik faoliyatini boshlaydi. O‘z tarjimayi holida u nafaqat hayotidan yorqin epizodlar, balki sog‘liq va go‘zallikni saqlash bo‘yicha tavsiyalari bilan ham o‘rtoqlashadi. Mey uch bolani qanday tarbiyalash, karyera qurish va yangi narsalarni sinab ko‘rishdan qo‘rqmaslik kerakligi haqida so‘zlab beradi.

