Sport

Messi va Ronaldu Tevesning xayrlashuv o‘yinida bir jamoada o‘ynaydi

Argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Krishtianu Ronaldu Karlos Tevesning xayrlashuv uchrashuvida bir jamoa safida maydonga

Messi va Ronaldu Tevesning xayrlashuv o‘yinida birga maydonga tushadi

Argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Krishtianu Ronaldu Karlos Tevesning xayrlashuv uchrashuvida bir jamoa tarkibida o‘ynashi mumkin. Tevesning aytishicha, har ikki futbolchi ham taklifni qabul qilgan.

Xayrlashuv bahsi 2026-yil dekabrida Buenos-Ayresdagi mashhur «La Bombonera» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Oldingi xabarlarda uchrashuv 19 dekabrga belgilanishi mumkinligi aytilgan edi.

«Men doimo Krishtianu va Leoni bir jamoada ko‘rishni orzu qilganman. Ular barcha davrlarning eng buyuk ikki futbolchisi. Ikkalasi bilan ham bog‘landim. Ronalduga bu g‘oyani aytganimda, u kelishini bildirdi. Leoni ko‘ndirish ham qiyin bo‘lmadi. Ikkalasi ham rozilik berdi», – degan Teves.

Teves faoliyati davomida Ronaldu bilan Angliyaning «Manchester Yunayted» klubida birga o‘ynagan. Messi bilan esa Argentina milliy terma jamoasida sherik bo‘lgan.

Xayrlashuv uchrashuviga Ueyn Runi va Andrea Pirlo kabi Teves bilan birga o‘ynagan boshqa mashhur futbolchilar ham taklif qilinishi kutilmoqda.

Hozircha Messi va Ronaldu tomonidan uchrashuvda qatnashish borasida alohida rasmiy bayonot berilmagan. Ularning rozilik bergani haqidagi ma’lumot Tevesning so‘zlariga asoslanmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.