Messi Ispaniyada Asturiya malikasi mukofotini oldi
Argentinalik yulduz uşbu mukofotga şaxsan sazovor bölgan birinçi futbolçiga aylandi.

Messi Ispaniyada Asturiya malikasi mukofotini oldi
Lionel Messi sport yo‘nalishidagi 2026-yilgi Asturiya malikasi mukofotiga sazovor bo‘ldi. Mukofotni unga Ispaniya malikasi Leonor topshirdi. Marosim Oviedo shahridagi Kampoamor teatrida bo‘lib o‘tdi, unda qirol Felipe VI va qirolicha Letisiya ishtirok etdi.
Messi 1987-yilda ta’sis etilgan ushbu mukofotni jamoa tarkibida emas, balki shaxsan qo‘lga kiritgan ilk futbolchiga aylandi. Bundan tashqari, u sovrindorlar orasidagi birinchi argentinalikdir.
Hakamlar hay’ati qarorni 3-iyun kuni e’lon qilgan edi. Messi 12 mamlakatdan ko‘rsatilgan 27 nomzod orasidan tanlab olindi. Hay’at xulosasida uning iste’dodi, yorqin faoliyati hamda xayriya ishlari - bolalarning ta’lim va tibbiyotdan foydalanishiga ko‘rsatgan yordami alohida qayd etilgan. Hakamlar hay’ati, shuningdek, uning kamtarligi va jamoaviy o‘yinga sodiqligini ta’kidlab o‘tdi. G‘olibga 50 ming yevro va Joan Mironing haykalchasi topshiriladi.
Mukofot futbolchi uchun shaxsiy ahamiyatga ham ega. Uning so‘zlariga ko‘ra, 8-avgust kuni vafot etgan otasi Xorxe ushbu mukofotni juda kutgan va Ispaniyaga borishga undagan.
Mukofotning berilishi bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Argentina va Ispaniya o‘rtasidagi 2026-yilgi jahon chempionati finalidan so‘ng ispaniyalik muxlislarning bir qismi argentinaliklarning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib qolgan edi. Change.org platformasida Messini mukofotdan mahrum qilish talabi bilan o‘nlab petitsiyalar paydo bo‘ldi. Jamg‘arma ularga ommaviy tarzda javob qaytarmadi.

