Dunyo

Mers: Ukrainaning taslim boʻlishi - barchamizning taslim boʻlishimizdir

Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukrainaning Rossiya bilan urushda taslim boʻlishi Yevropa uchun qabul qilib boʻlmaydigan holat ekanini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, bu Kiyevning barcha ittifoqchilari kapitulyatsiyasini anglatgan boʻlar edi. Shu bilan birga, kansler Germaniya va Yevropa davlatlari istalgan vaqtda muzokaralarga tayyorligini qayd etdi.

Mers: Ukrainaning taslim boʻlishi — barchamizning taslim boʻlishimiz

«Biz Ukrainani bu urushni choʻzish uchun qoʻllab-quvvatlayotganimiz yoʻq. Ammo Ukrainaning kapitulyatsiyasi, ayniqsa, soʻzsiz taslim boʻlishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Chunki bu barchamizning taslim boʻlishimizni anglatadi», — degan kansler.

Mers Rossiya tarqatayotgan dezinformatsiya va gibrid hujumlarni Germaniya xavfsizligiga eng katta tahdid deb atagan. U Moskvani sovuq urush yakunidan keyin shakllangan siyosiy tartibga hujum qilayotganlikda ayblagan.

«Hozir meni eng koʻp tashvishlantirayotgan narsa iqtisodiyotimiz ham, AQSH ham, Xitoy ham emas, balki Rossiyaning jamiyatimizga taʼsiridir», — degan Germaniya hukumati rahbari.

Uning aytishicha, gap qoʻporuvchilik harakatlari, aloqa tizimlariga gibrid hujumlar va Germaniyadagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlar haqida bormoqda. Kansler bunday hujumlar har kuni sodir boʻlayotganini, biroq mamlakatda tahdid miqyosi hanuz yetarlicha baholanmayotganini taʼkidlagan.

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatining soʻnggi harakatlarini Kiyevni taslim boʻlishga undashga oʻxshatgan edi.

18-oktabr kuni Bloomberg agentligiga bergan intervyusida Zelenskiy Ukrainani kapitulyatsiyaga koʻndirishga qaratilgan qadamlar tashlangan, degan fikrda ekanini bildirgan. Biroq u buni amerikalik hamkorlarning aniq maqsadi deb atashdan saqlangan.

«Amerikalik hamkorlarimiz urushni Ukraina hisobiga tezroq tugatish mumkin, deb oʻylayotganiga ishongim kelmaydi. Ammo bu shunday koʻrinmoqda», — degan Ukraina prezidenti.

Tramp esa oʻz navbatida Zelenskiyni urushni tugatishni istamayotganlikda ayblab, unga muzokaralarni boshqa birovga topshirishni tavsiya qilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.