Dunyo

«Men shu yerda oʻlsam kerak» – gʻorga tiqilib qolgan shifokorning qaygʻuli hikoyasi

2009-yilda AQShda gʻalati oʻlim sodir boʻladi. 26 yoshli shifokor Yutadagi gʻorga borib, boshi berk yoʻlakda tiqilib qoladi. Qutqaruvchilar harchand urinmasin, yigitni chiqarib ololmaydi

«Men shu yerda oʻlsam kerak» – gʻorga tiqilib qolgan shifokorning qaygʻuli hikoyasi

2009-yilda AQShda gʻalati oʻlim yuz beradi. 26 yoshli shifokor Yutadagi gʻorga kirib, boshi berk yoʻlakda tiqilib qoladi. Qutqaruvchilar qancha urinmasin, yigitni chiqarib ololmaydi. Natijada oyogʻi tepada, boshi pastda qolgan shifokor oʻsha yerda azob chekib jon beradi.

Dunyoda noodatiy oʻlimlar koʻp sodir boʻlgan. Mashhurlar bilan bogʻliq voqealar koʻpchilikning yodida qolgan. Masalan, raqqosa Aysedora Dunkan mashinada sayrga ketayotganda avtomobil gʻildiragiga oʻralib qolgan sharf sabab halok boʻladi. Milliarder Sanjay Kapur ari chaqib oʻladi. Avstraliya bosh vaziri Garold Xolt choʻmilishga borib, dengizda gʻarq boʻladi.

Bunday misollar juda koʻp. Bugun hikoya qilmoqchi boʻlgan qahramonimiz Jon Jons ham gʻalati tarzda hayotdan koʻz yumgan. Afsuski, uni mashhur qilgan narsa hayotdagi ishlari emas, balki qanday oʻlgani boʻladi.

Natti-Patti Yutada joylashgan AQShdagi mashhur gʻorlardan biri boʻlib, uni ilk bor 1960-yilda gʻorshunos Deyl Grin oʻrganadi. Olim ichida loyqa koʻpligi sabab gʻorni Natti-Patti deb ataydi, bu inglizchada yongʻoqli pasta degani.

Gʻorga yiliga 5 minggacha odam boradi.

Undagi asosiy xavf sirtlarning sirpanchiqligi edi. Odamlar oqimi koʻpaygani sayin, tinimsiz qadamlar taʼsirida qoyatoshlar yanada silliqlashib boradi.

Gʻordagi eng mashhur joy «Big slide» (katta sirpanchiq) deb ataladi. Bu joy oyoq osti juda sirpanchiqligi uchun shunday nom olgan. 2006-yilda odamlarning Natti-Pattiga yuqori darajada taʼsirini baholash boʻyicha tadqiqot boshlanadi. Vaziyat yuzasidan xulosalar chiqqach, gʻorga keluvchilar sonini cheklash taklif qilinadi. Koʻp oʻtmay gʻor kirish qismiga toʻsiq oʻrnatilib, tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopiladi.

Gʻorga kirishni tartibga soluvchi xavfsizlik talablari ishlab chiqilgach, 2009-yil 18-mayda u qayta ochiladi. Biroq oʻsha yil noyabrida gʻor tashrif buyuruvchilar uchun butunlay yopiladi. Bunga Jon Jons ismli yigitning oʻlimi sabab boʻladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.