Boshqa

“Men dumalayman”, “Yer kezuvchisi”: mashhur avtomobil brendlarining nomlari qanday ma’noni bildiradi?

“Men dumalayman”, “Yer kezuvchisi”: mashhur avtomobil brendlarining nomlari nimani anglatadi?

Har kuni ko‘chalarda yuzlab avtomobillarga duch kelamiz. O‘nlab mashhur brendlar hammamizga tanish. Ammo ularning qanday ma’no anglatishini bilasizmi?

**Volvo**

1924-yildan beri ishlab chiqarilayotgan Volvo avtomobillarining logotipidagi doira va o‘qcha qadimiy Rimda temir ramzi bo‘lgan. Bu esa kuch, chidamlilik va xavfsizlikni ifodalaydi. Volvo nomi lotincha “volvere” fe’lidan kelib chiqqan bo‘lib, “men dumalayman” degan ma’noni bildiradi. Shu sababli, Volvo brendi o‘zini “dumalaydigan, harakatlanadigan, mustahkam va xavfsiz mashina” sifatida tanitgan.

**Audi**

Bu markaning nomi avtomobil asoschisi Avgust Xorchning familiyasining lotinchadan so‘zma-so‘z tarjimasidir. Audi so‘zi “tingla” degan ma’noni anglatadi. Qizig‘i shundaki, kompaniya asoschisi bu so‘zni ilk bor o‘z hamkorining o‘g‘lidan eshitgan ekan.

**Volkswagen**

Muhandislarning yagona maqsadi oddiy odamlar uchun arzon mashina yaratish bo‘lgan. Nom ustida uzoq bosh qotirish shart bo‘lmadi, chunki Volkswagen nemis tilidan aynan “xalq avtomobili” deb tarjima qilinadi.

**Mazda**

Bu shunchaki harflar yig‘indisi emas, balki zardushtiylikning ezgulik xudosi Axura Mazda nomidir. Kompaniya shu yo‘l bilan o‘z obro‘sini ta’kidlamoqchi bo‘lgan. Bundan tashqari, Mazda so‘zi kompaniya rahbari Dzudziro Matsudaning familiyasiga ohangdosh edi.

**Land Rover**

Land Rover nomi “yer kezuvchisi, har qanday yo‘lni bosib o‘tuvchi avtomobil” ma’nosini bildiradi.

**Mitsubishi**

Mitsubishi “uch romb” degan ma’noni anglatadi va logotip ham bevosita shu nomni ramziy tasvirlaydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.