Dunyo

«Men şu yerdaman»: Maçado qariyb bir yildan söng Venesuelaga qaytdi

Venesuela muxolifati yetakçisi, 2025-yilgi Nobel tinçlik mukofoti sovrindori Mariya Korina Maçado qariyb bir yillik majburiy muhojirlikdan söng vataniga qaytdi. AQŞ davlat kotibi Marko Rubio uning xavfsiz qaytişi Vaşington qöllab-quvvatlagan muzokaralar natijasi ekanini bildirdi.

«Men şu yerdaman»: Maçado qariyb bir yildan keyin Venesuelaga qaytdi

«Men şu yerdaman. Sizlar bilan», — deb yozdi Maçado 25-oktabr kuni X ijtimoiy tarmog‘ida.

DW xabariga ko‘ra, 59 yoshli siyosatchining qaytganini uning safdoshi, prezidentlikka sobiq nomzod Edmundo Gonsales Urrutia ham tasdiqlagan. U bu kunni venesuelaliklar uchun juda muhim deb atagan. Maçadoning aynan qayerdaligi va qaytish tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan.

Bundan uch kun avval, 22-oktabrda Venesuelada minglab namoyishchilar Maçadoning qaytishini talab qilgan edi. AFP ma’lumotiga ko‘ra, Karakasda qariyb ikki ming kishi ko‘chaga chiqqan, ayrimlari saylov o‘tkazish talabi yozilgan plakatlarni ko‘tarib olgan. Kolumbiya bilan chegaradosh Tachira shtatida ham shunday aksiya bo‘lib o‘tgan.

Maçado 2024-yildagi bahsli prezidentlik saylovidan keyin yashirinib yashagan va 2025-yil dekabrida Venesuelani maxfiy ravishda tark etgan.

AFP eslatishicha, u yog‘och baliqchi qayig‘ida mamlakatdan chiqib ketayotganda umurtqalaridan biri singan. Nobel tinchlik mukofotini topshirish marosimi uchun Norvegiyaga yetib borgach, Oslodagi shifoxonalardan biriga yotqizilgan. Mukofotni uning nomidan qizi qabul qilgan.

AQSh Davlat departamenti avvalroq Karakas hukumati va muxolifat o‘rtasidagi muzokaralarning navbatdagi bosqichi yakunlanganini ma’lum qilgan. Nikolas Maduro AQSh tomonidan qo‘lga olinganidan keyin hukumatga vaqtincha Delsi Rodriges rahbarlik qilmoqda.

Davlat kotibi Marko Rubio Maçadoning xavfsiz qaytishi uchun sharoit yaratilganini AQSh qo‘llab-quvvatlayotgan yarashuv muzokaralarining bevosita natijasi deb baholagan. Xabarda qayd etilishicha, muzokaralar davomida yuzlab siyosiy mahbuslar ozod qilingan, yana yuzlab muxolifatchilar muhojirlikdan qaytgan.

Venesuelada 2024-yilgi prezidentlik saylovidan keyin hukumat Nikolas Maduroni g‘olib deb e’lon qilgan edi. Muxolifat esa natijalarni tan olmay, eng ko‘p ovozni o‘z nomzodi Edmundo Gonsales Urrutia olganini bildirgan.

Maduro yanvar boshida Karakasda AQSh harbiylari tomonidan qo‘lga olinib, Nyu-Yorkka olib ketilgan. Unga, jumladan, «narkoterrorizm» bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.