Mahalliy

Mehnat inspeksiyasi “Inson” xodimi o‘limi yuzasidan tekshiruv boshladi

Davlat mehnat inspeksiyasi Uchko‘prik tumanida “Inson” markazi xodimi halok bo‘lgani yuzasidan tekshiruv boshladi. Holat alohida nazoratga olingan.

Mehnat inspeksiyasi “Inson” markazi xodimi vafoti yuzasidan surishtiruv boshladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —

Davlat mehnat inspeksiyasi Uchko‘prik tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimining o‘limi bilan bog‘liq holat yuzasidan tekshiruv ishlarini boshladi. Bu haqda tashkilotning rasmiy xabarida aytiladi.

Inspeksiya ma’lumotiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan ushbu fojiali voqea alohida nazoratga olingan. Tekshiruv qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda.

Surishtiruv jarayonida baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablari, barcha holatlari hamda fojiaga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar har tomonlama o‘rganiladi. Shuningdek, ishni tashkil etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning harakatlari ham ko‘rib chiqiladi.

Vafot etgan xodimning majburiy mehnatga jalb qilingan-qilinmaganligini aniqlashga alohida e’tibor qaratiladi. Agar bunday qonunbuzarliklar aniqlansa, ularga aloqador mansabdor shaxslarning harakatlariga qonunchilik talablari asosida huquqiy baho beriladi.

Davlat mehnat inspeksiyasi tekshiruv yakunlangach, uning natijalari bo‘yicha qo‘shimcha rasmiy ma’lumot taqdim etilishini bildirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.