MDH soliq xizmatlariga raislik 2027 yilda Oʻzbekistonga oʻtadi
Oʻzbekiston 2027 yilda MDH mamlakatlari soliq xizmatlari rahbarlari Muvofiqlashtiruvchi kengashida raislik qiladi va kengashning navbatdagi XXXIV majlisiga mezbonlik qiladi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi axborot xizmati xabar bermoqda. Kengashning Dushanbedagi XXXIII majlisida Oʻzbekiston delegatsiyasi «MDH soliq xizmatlarining texnologik sherikligi» tashabbusini ilgari surdi. U raqamli yechimlar bilan almashish, qoʻshma ilmiy-amaliy tadbirlar, mutaxassislarni oʻqitish va amaliyot oʻtashni nazarda tutadi, shuningdek […]

MDH soliq xizmatlari 2027 yilda Oʻzbekiston raisligiga oʻtadi
2027 yilda Oʻzbekiston MDH mamlakatlari soliq xizmatlari rahbarlari Muvofiqlashtiruvchi kengashiga raislik qiladi va kengashning navbatdagi, XXXIV yigʻilishiga mezbonlik qiladi.
Kengashning Dushanbedagi XXXIII yigʻilishida Oʻzbekiston delegatsiyasi «MDH soliq xizmatlarining texnologik sherikligi» tashabbusini ilgari surdi. U raqamli yechimlarni almashish, qoʻshma ilmiy-amaliy tadbirlarni oʻtkazish, mutaxassislarni oʻqitish va amaliyot oʻtashini tashkil etish, shuningdek, sunʼiy intellektni qoʻllash boʻyicha namunaviy nizomlarni ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Yigʻilish ishtirokchilariga Oʻzbekistonning soliq tizimini raqamlashtirish va SIdan foydalanish boʻyicha tajribasi taqdim etildi. Xususan, gap soliq maʼmuriyatchiligini avtomatlashtirish, katta hajmdagi maʼlumotlarni (Big Data) tahlil qilish, soliq xavflarini aniqlash va soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish haqida bordi.
Oʻzbekiston, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qoidabuzarliklarni aniqlash, voʻjobga keladigan byudjet yoʻqotishlarining oldini olish va halol soliq toʻlovchilarga maʼmuriy yukni kamaytirish uchun tahliliy vositalarni qoʻllash amaliyoti bilan oʻrtoqlashdi.
Yigʻilish yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston 2027 yil uchun kengashga raislik qiluvchi tomon etib saylandi. Navbatdagi yigʻilish respublikada boʻlib oʻtadi.

