McKinsey Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda oʻz ishtirokini kengaytirmoqda
McKinsey global boshqaruvchi hamkori Bob Sternfels Toshkentga tashrif buyurdi. Kompaniyaning Oʻzbekistondagi ishiga toʻngʻich hamkor Semen Yakovlev rahbarlik qiladi.

McKinsey Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda oʻz ishtirokini kengaytirmoqda
McKinsey & Company xalqaro konsalting kompaniyasi Oʻzbekistonda biznesni rivojlantirishga alohida urgʻu bergan holda Markaziy Osiyodagi faoliyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Ushbu kurs doirasida kompaniyaning global boshqaruvchi hamkori Bob Sternfels Toshkentda boʻldi.
McKinsey 2013 yildan buyon Markaziy Osiyodagi davlat, xususiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Ushbu davr mobaynida kompaniya mahalliy bozorlar boʻyicha bilimlarni 65 dan ortiq mamlakatda taqdim etilgan McKinsey'ning xalqaro ekspertizasi bilan birlashtiradigan mintaqaviy jamoani shakllantirdi.
Tashrif davomida Sternfels va kompaniyaning mintaqaviy rahbarlari davlat organlari, biznes vakillari, mijozlar va xodimlar bilan uchrashdilar. Muzokaralarda Oʻzbekistonni rivojlantirish istiqbollari, jumladan, konchilik sanoati, energetika, moliya sektori va raqamli infratuzilma sohalari muhokama qilindi. Malakali kadrlar tayyorlash alohida mavzu boʻldi.
Sternfels Oʻzbekiston eng keng koʻlamli oʻzgarishlarni boshdan kechirayotgan iqtisodiyotlar qatoriga kirishini taʼkidladi. U kompaniyaning mamlakatdagi faoliyatini yanada kengaytirish, mahalliy jamoani mustahkamlash va Toshkentda McKinsey'ning boʻlajak rahbarlarini tayyorlashga boʻlgan qiziqishini qayd etdi.
McKinsey'ning Oʻzbekistondagi ishiga rahbarlik qilish kompaniyaning katta hamkori Semen Yakovlevga yuklatildi. U Toshkentda joylashadi hamda biznesning strategik rivojlanishi va mijozlar loyihalarini amalga oshirish uchun javob beradi.
Yakovlev Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida 20 yildan ortiq ish tajribasiga ega. Tayinlovga qadar u McKinsey'ning strategiya va korporativ moliya boʻyicha Osiyo amaliyotiga rahbarlik qilgan.
Kompaniya biznesni Oʻzbekistonda rivojlantirishda hamkorlar Dulatbek Ikbayev va Yermolay Soljenitsin ham ishtirok etadilar. Ikbayev oʻn yildan ortiq vaqt davomida Markaziy Osiyo davlat tuzilmalari, moliya institutlari va yirik kompaniyalariga transformatsiya va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari boʻyicha konsultatsiya berib kelmoqda.
McKinsey'ning katta hamkori Soljenitsin metallurgiya, konchilik sanoati, energetika va transport sohalarida strategik va transformatsion loyihalarni amalga oshirishda 20 yildan ortiq tajribaga ega.
Yakovlev kompaniya yosh mutaxassislarning kasbiy oʻsishiga alohida eʼtibor qaratishga va mamlakatning yetakchi korxonalari bilan hamkorlikni davom ettirishga nazarda tutilganini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonning yosh va oʻsib borayotgan aholisi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar ochadi.
Mamlakatda McKinsey afzalliklari qatorida ilgʻor texnologiyalar va sunʼiy intellekt qayd etilgan. Ushbu ish uchun kompaniya QuantumBlack, AI by McKinsey boʻlinmasi ekspertizasini jalb qilishni rejalashtirmoqda.
Yana bir yoʻnalish mehnat bozorining oʻzgaruvchan talablarini inobatga olgan holda kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish boʻladi. Xususan, kompaniya Forward global taʼlim dasturini kelgusida ham amalga oshirish niyatida.
McKinsey maʼlumotlariga koʻra, ushbu dastur doirasida Markaziy Osiyodan 1 500 dan ortiq yosh mutaxassis va butun dunyo boʻylab qariyb 290 ming kishi taʼlim oldi. Ishtirokchilar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishmoqda.

