Dunyo

Mbappe bilan boğliq mojarodan söng Xitoyda La Liga öyinlari namoyişi töxtatildi

Xitoyning CCTV telekanali Kilian Mbappe atrofidagi mojarodan söng Ispaniya çempionati - La Liga öyinlarini namoyiş etişni töxtatdi. Bu qaror futbolçining Xitoy rahbari Mao Szedun bilan boğliq mem haqidagi hazilidan keyin qabul qilindi.

Mbappe bilan bog‘liq mojaro ortidan Xitoyda La Liga o‘yinlari namoyishi to‘xtatildi

Xitoyning CCTV davlat telekanali Madridning «Real» klubi hujumchisi, fransiyalik Kilian Mbappe bilan bog‘liq mojaro sabab Ispaniya futbol chempionati (La Liga) o‘yinlarini namoyish etishni to‘xtatdi.

Mojaro o‘tgan haftada Kilian Mbappe jurnalistning o‘zi haqidagi qaysi mem unga ko‘proq yoqishi haqidagi savoliga javoban, uning qiyofasi «qandaydir yigit; chamasi, Xitoy diktatori» bilan birlashtirilgan memni aytganidan keyin boshlandi.

Mbappe tilga olgan mem Xitoy Xalq Respublikasi asoschisi Mao Szedun fotosurati asosida yaratilgan edi. Bu Xitoyda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi va oqibatda bir necha mahalliy kompaniya futbolchi bilan shartnomalarni bekor qildi. CCTV telekanaliga egalik qiluvchi China Media Group (CMG) korporatsiyasi Xitoyda La Liga o‘yinlari translyatsiyasi to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Shundan so‘ng Kilian Mbappening o‘zi, shuningdek, «Real» va La Liga rahbariyati uzr so‘radi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Xitoy tomoni «bildirilgan uzrni yuqori baholashini» ma’lum qildi. CMG ham uzrni qabul qilishini bildirdi. Biroq, BBC ta’kidlaganidek, CCTV La Liga o‘yinlari namoyishini qachon qayta tiklashi hozircha noma’lum.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.