Sport

“Maxachev barcha davrlarning eng zo‘r jangchisi emas¨” — UFC prezidenti

**UFC prezidenti: "Maxachev hali barcha davrlarning eng zo‘r jangchisi emas"**

UFC prezidenti Dana Uaytning ta'kidlashicha, yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Islom Maxachev aralash yakkakurashlar tarixidagi eng buyuk jangchilar qatoriga kirmaydi. Uning fikricha, rossiyalik jangchi navbatdagi bellashuvda ham g‘alaba qozonsa, eng yaxshilardan biri sifatida e'tirof etilishi mumkin. Bu haqda MMA Fighting nashri xabar berdi.

Islom Maxachev UFC tarixida ketma-ket g‘alabalar soni bo‘yicha tashkilotning sobiq chempioni Anderson Silvaning rekordini yangilash imkoniyatiga ega. Har ikki jangchi qatorasiga 16 ta bellashuvda zafar quchgan. Dog‘istonlik sportchida mutlaq rekord qayd etish imkoniyati mavjud.

Dana Uaytning ta'kidlashicha, Maxachevning faoliyatidagi yutuqlar uni allaqachon barcha davrlarning eng buyuk sportchisi (GOAT) maqomi uchun asosiy da'vogarlardan biriga aylantirgan. Biroq UFC rahbari bu boradagi yakuniy xulosani navbatdagi jangdan keyin chiqarishni ma'qul ko‘rmoqda.

"Men jang yakunlanguniga qadar bunday narsalar haqida o‘ylamayman. Uning qanday jang qilishini 16-avgust kuni ko‘ramiz. Agar Islom rekordni yangilasa, faoliyatini davom ettirib yana raqiblarni mag‘lub etaversa, faoliyatini yakunlaganida uning tarixdagi o‘rnini baholash mumkin", dedi Uayt.

Maxachev hozirda UFC’ning vazn toifasidan qat'i nazar dunyoning eng kuchli jangchilar reytingida (P4P) birinchi o‘rinda bormoqda. U yarim o‘rta vazn chempionligini muvaffaqiyatli himoya qilsa, ketma-ket g‘alaba qozonish bo‘yicha (17 ta g‘alabali seriya) rekordchiga aylanadi.

Shunga qaramay, Uayt Maxachevni Jon Jons va Jorj Sen-Pyer kabi MMA tarixining eng buyuk jangchilari qatoriga qo‘shishga hali erta, deb hisoblaydi:

"Unda buyuk jangchi bo‘lish uchun barcha imkoniyatlar bor. Bu haqda shanba kungi jangdan keyin, uning ko‘rsatgan natijasi va rekordni yangilashiga qarab gaplashishimiz kerak".

Ma'lumot uchun, Maxachev va Garri o‘rtasidagi chempionlik jangi 16-avgust kuni AQSHning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 330 turnirining markaziy bahsi bo‘ladi.

Ayni paytda Islom Maxachev UFC’da ketma-ket 16 ta g‘alabali seriyani davom ettirmoqda. Uning professional faoliyatidagi rekordi 28 g‘alaba va 1 mag‘lubiyatni tashkil etadi. Rossiyalik jangchi so‘nggi bor Nyu Yorkda o‘tkazilgan UFC 322 turnirida sobiq chempion avstraliyalik Jek Della Maddalenani hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etib, yarim o‘rta vazn toifasi chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan va UFC tarixida ikki vazn toifasida chempion bo‘lgan jangchilar qatoridan joy olgan edi.

Ian Machado Garri esa so‘nggi jangini 2025-yilning 22-noyabr kuni Qatarda tashkil etilgan UFC Fight Night turnirida falastinlik Bilol Muhammadga qarshi o‘tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan. 28 yoshli irlandiyalikning professional rekordi 17 g‘alaba (shundan 8 tasi muddatidan avval) va 1 mag‘lubiyatdan iborat.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.