Texnologiya

Max platformasi o‘zbek tilida ishlay boshladi

Rossiyaning Max raqamli platformasi o‘zbek tilida ishlay boshladi. O‘zbekiston foydalanuvchilari +998 raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Max platformasi endi o‘zbek tilida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Rossiyaning milliy raqamli platformasi bo‘lmish Max, endilikda o‘zbek tilida ham foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatishni boshladi. O‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun yana bir qulaylik – ular platformada +998 telefon kodi orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

O‘zbek tilidan tashqari, Max interfeysi rus, ingliz, ispan tillarida, shuningdek, portugal tilining Braziliya lahjasida ham mavjud.

Ushbu platforma rasman 2025-yil mart oyida ishga tushirilgan. U xabar almashish, ovozli aloqa o‘rnatish, to‘lovlarni amalga oshirish, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish va raqamli ID yordamida shaxsni tasdiqlash kabi bir qator funksiyalarni o‘zida mujassam etgan.

Max platformasida jami 40 ta davlat fuqarolari, jumladan, MDH mamlakatlari, shuningdek, Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasi davlatlari fuqarolari ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.