Iqtisodiyot

Mashina xaridi bayramga aylanganda: TBC Bank TBC Avto xizmatini yo‘lga qo‘ymoqda

TBC Bank avtomobil tanlash, xarid qilish va rasmiylashtirishda yordam beradigan TBC Avto’ni ishga tushirmoqda. Yangi xizmat TBC Bank Uzbekistan ilovasida mavjud.

Mashina xaridi bayramga aylanganda: TBC Bank TBC Avto xizmatini ishga tushirmoqda

O‘zbekistonda yangi avtomobil sotib olish — butun oila uchun katta quvonch: dasturxon yoziladi, suyunchilar ulashiladi va barcha yaqinlarning samimiy “Muborak bo‘lsin!” degan so‘zlarini intiqlik bilan kutishadi.

Ammo shu shodiyona lahzalariga yetib borguncha bo‘lgan yo‘l odatda unchalik ham bayramona kechmaydi. Avtomobilni izlash, turli dilerlar takliflarini taqqoslash va rasmiylashtirish jarayonlarini mustaqil o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Natijada, odamning diqqati orzudagi mashinaga emas, unga aloqasi bo‘lmagan ishlar tomon og‘adi.

Avtomobil xaridi jarayonini tezroq, qulayroq va chinakam zavq bilan bosib o‘tish uchun TBC Bank Uzbekistan ilovasida yangi TBC Avto xizmati ishga tushirilmoqda.

Agar xaridor qaysi rusumdagi mashina kerakligini aniq bilsa, TBC Avto’da muayyan modelni hamyonbop narxda topish mumkin. Agar faqat budjet ma’lum bo‘lsa, shu summaga mos variantlarni ko‘rib chiqish mumkin. Shuningdek, ilovada “Premium” yoki “Budjet” kabi to‘plamlar ham mavjud.

Xizmat har bir avtomobilning avtosalonlarda bor-yo‘qligini va uning asosiy texnik ko‘rsatkichlarini ko‘rsatadi. Kerakli variant topilmasa, unga o‘xshash takliflarni jamlab beradi. Xaridor turli sotuvchilarning variantlarini solishtirib, o‘ziga mosini tanlaydi.

Faqat to‘lov usulini tanlash qoladi: xaridor o‘z mablag‘iga biryo‘la xarid qilishi yoki dastlabki badal, muddat hamda oylik to‘lovlarni solishtirgan holda kreditga olishi mumkin. Agar xarid qiluvchi avtomobilni kreditga olishni tanlasa, TBC Avto’da dastlabki skoringdan o‘tib, atigi 1 daqiqa ichida javob oladi. Shundan so‘ng TBC Avto’ vakili u bilan bog‘lanadi va keyingi qadamlar bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beradi.

Avtosalonda xaridorni TBC Avto vakili kutib oladi va barcha tashkiliy masalalarni o‘z zimmasiga oladi. U avtomobil jihozlari to‘liqligini tekshiradi, hujjatlar va sug‘urta masalalarini hal qiladi hamda zarur bo‘lsa, kreditni rasmiylashtirishda ko‘maklashadi.

Xaridorga esa eng yoqimli qism qoladi: avtomobilni xotirjam ko‘zdan kechirish, rulda o‘tirib ko‘rish, hammasi ko‘ngildagidek ekaniga ishonch hosil qilish va shunchaki jarayondan zavqlanish. Qolgan barcha masalalarda TBC Avto vakili yordam beradi. Agar hammasi muvaffaqiyatli yakunlansa, mashinani o‘sha kunning o‘zidayoq olib ketish mumkin.

Shundan keyin xaridning eng hayajonli, intiqlik bilan kutilgan qismi boshlanadi: uyga yangi mashinada kirib kelish, dasturxon yozish, “Muborak bo‘lsin!” degan samimiy tilaklarni eshitish va bu quvonchni yaqinlar bilan bo‘lishish. Axir avtomobil xarid qilish — bu haqiqiy bayram.

Ushbu unutilmas kundan zavqlanib, qadrdonlar davrasida bo‘lish lozim. Yugur-yugurlarni esa TBC Avto’ga topshirish mumkin, toki hech narsa xaridorni muhim lahzalardan chalg‘itmasin.

Foiz stavkasi — yillik 0% dan 29,5% gacha. Summa — 1 mldr so‘mgacha. Muddat — 6 oydan 60 oygacha. Boshlang‘ich to‘lov — 25% dan boshlab. Xarid qilinayotgan avtomobil garovda qolishi shart. Ommaviy oferta emas. Kredit ajratish to‘g‘risidagi qarorni bank qabul qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.