Mashhur “Taksi” filmidagi Petra — aktrisa Emma Viklundning taqdiri qanday kechdi?

Mashhur “Taksi” filmidagi Petra — aktrisa Emma Viklundning hayoti qanday kechdi?
Emma Viklund 1968-yilda Stokgolmda dunyoga kelgan. Uning otasi shved, onasi esa afrikalik bo‘lib, ular qiz hali kichkina paytidayoq ajrashib ketgan. Oila parchalanganidan keyin Emma asta-sekin atrofdagilardan o‘zini chetga ola boshlagan.
Bir necha yil o‘tgach, aktrisa kutilmagan sinovga duch keldi — u onkologik kasallikka chalindi. Unga qon saratoni tashxisi qo‘yildi. Onasi doimo Emmani qo‘llab-quvvatlashga urinib, bu og‘ir yo‘lni u bilan birga bosib o‘tdi. Kasallik qaytgach, qizdagi depressiya ham yo‘qoldi. Shundan keyin Emma hayotning har bir lahzasini qadrlash kerakligini anglab yetdi — do‘stlar orttirdi, ochiqko‘ngil, quvnoq va xushchaqchaq qizga aylandi.
Yillar davomida Emmani balerina bo‘lish orzusi tark etmadi, biroq uning juda baland bo‘yi bunga xalal berdi. Qiz tushkunlikka tushmay, o‘z iste’dodini yuzaga chiqarish uchun bor kuchini sarfladi. Kutilmaganda u kamera qarshisida ham mahoratga ega ekanini anglab yetdi. Aynan shu qobiliyat aktrisaning taqdirini belgiladi — u 16 yoshida mashhur modelga aylandi. O‘ziga xos go‘zalligi tufayli u “Gavayi go‘zali” tanlovida bemalol g‘olib chiqdi. Bunday yutuq Shvetsiya tarixida birinchi edi.
Tanlovdan keyin Emmaning shuhrati tobora oshib bordi. U Vogue, Elle va Cosmopolitan kabi nufuzli jurnallar uchun suratga tushdi. Hatto modellik agentlari Emma bilan ishlash uchun navbatda turishga majbur bo‘lishdi. Shuningdek, mashhur fransuz modelyeri va dizayneri Kristian Lakrua unga o‘z moda uyida ish taklif qilib, mashhurligining yanada ortishiga hissa qo‘shdi.
Aktrisalikdagi ilk tajriba 1992-yilda Jorj Mayklning “Juda qiziq” videofilmida yuz berdi. O‘sha paytda Emma boshqa modellar bilan birga rol ijro etgan. Aynan shu yildan boshlab u filmlarda suratga tusha boshladi va buni muvaffaqiyatli uddaladi. 1994-yilda u Marchello Mastroyanni, Sofi Loren, Juliya Roberts, Kim Beysinger kabi mashhur aktyorlarning ijodiy ishiga guvoh bo‘ldi — ular modellashtirish biznesi haqidagi film ustida ishlayotgan edi, unda Emma ham suratga tushdi.
1998-yilga kelib, Emmaning “Taksi” komediyasidagi asosiy rollardan biriga taklif etilishi uni mashhurlik cho‘qqisiga olib chiqdi. Aktrisa filmda politsiya xodimi obrazini gavdalantirdi. Kartina shu qadar muvaffaqiyat qozondiki, u “Sezar” mukofotiga sazovor bo‘ldi va 210 million dollar daromad keltirdi.
Film iliq kutib olingach, uning 5 ta qismi namoyish etildi, Emma esa to‘rtinchi qismgacha rol o‘ynadi. Shu bilan birga, aktrisa boshqa filmlarda ham suratga tushishda davom etdi. Bundan tashqari, Emmaning Shvetsiya tomoshabinlari orasida juda mashhur bo‘lgan televizion dasturi ham bor.
Emma Sober taniqli kino yulduzi bo‘lish bilan birga, mehribon onadir ham. Uning ikki farzandi bor: o‘g‘li Elis va qizi Tayra. Farzandlarining otasi Gans Viklund bilan munosabatlari muvaffaqiyatli kechmagan — ular 13 yil birga yashab, ajrashishga qaror qilgan. Biroq ular munosabatlarini yaxshi darajada saqlab qolgan. Hozirda Emma muvaffaqiyatli tadbirkor bo‘lib, Lindex kompaniyasi direktori hisoblanadi. Bundan tashqari, aktrisa teri parvarishi kosmetikasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan Emma S savdo belgisining egasi hamdir.
Emma hayotda faol bo‘lishga intiladi, muntazam sport bilan shug‘ullanadi. Estetik zavq olish uchun teatrlarga boradi, sayohat qilishni ham yaxshi ko‘radi.
Emma ko‘pincha o‘zini xayriya ishlariga bag‘ishlaydi, ayniqsa saraton kasalligiga chalingan insonlarga yordam beradi. U bemorlarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi. Kasallikka qarshi kurashda kuchli bo‘lishni o‘rgatadi.

