Mahalliy

Markaziy Osiyo va Ozarbayjonning yosh yetakchilari Oʻzbekistonning turizmni rivojlantirish tajribasini oʻrgandilar

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasida idora raisi Abdulaziz Akqulovning «Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yosh yetakchilari» mintaqaviy dasturi ishtirokchilari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv «Yuksalish» umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitasi raisi Bobur Bekmurodov boshchiligida oʻtkazildi. Dastur «Yuksalish» harakati tomonidan Germaniyaning Konrad Adenauer fondi bilan hamkorlikda tashkil etilgan boʻlib, 27 dan 29 oktyabrgacha boʻlib oʻtmoqda […]

Markaziy Osiyo va Ozarbayjonning yosh yetakchilari Oʻzbekistonning turizmni rivojlantirish sohasidagi tajribasi bilan tanishdilar

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasida idora raisi Abdulaziz Akkulovning «Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yosh yetakchilari» mintaqaviy dasturi ishtirokchilari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tadbir «Yuksalish» umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitasi raisi Bobur Bekmurodov boshchiligida oʻtkazildi.

Dastur «Yuksalish» harakati tomonidan Germaniyaning Konrad Adenauer fondi bilan hamkorlikda tashkil etilgan boʻlib, 27–29 oktyabr kunlari Toshkent va Buxoro shaharlarida boʻlib oʻtmoqda. Unda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistondan 20 dan ortiq yosh siyosatchilar, deputatlar, davlat xizmatchilari va jamoat arboblari ishtirok etmoqda.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, mamlakatning turistik salohiyatini xalqaro maydonda targʻib qilish, tarixiy-madaniy merosni saqlash va hududlarning turistik infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdim etildi.

Erishilgan natijalarga alohida urgʻu berildi. Xususan, Oʻzbekistonga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 2016 yildagi 2 mln kishidan 2025 yilda 11,7 mln kishiga yetdi. 2026 yilning dastlabki toʻqqiz oyida mamlakatga 10,3 mln xorijiy mehmon tashrif buyurdi. Turistik xizmatlar eksporti 5,3 mlrd AQSh dollariga yetdi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonga dunyoning 200 dan ortiq mamlakatidan turistlar kelmoqda, 95 ta davlat fuqarolari uchun esa vizasiz rejim amal qilmoqda. Bundan tashqari, mamlakatdagi mehmonxonalar soni 2,2 baravarga ortdi. Istiqbolda 2030 yilga borib xorijiy turistlar sonini 20 mln kishidan oshirish rejalashtirilgan.

Ochiq muloqot doirasida ishtirokchilar turistik infratuzilmani yaxshilash, yangi yoʻnalishlarni yaratish, yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon oʻrtasida oʻzaro turistik oqimlarni oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Umumiy tarixiy-madaniy merosga asoslangan qoʻshma turistik loyihalarning muhimligi, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish va yaxshi qoʻshnichilik aloqalarini mustahkamlash alohida taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha yosh yetakchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarni bevosita Turizm qoʻmitasi raisiga berish va batafsil javoblar olish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Uchrashuv tajriba almashish, hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish hamda mintaqaning yosh vakillarini Oʻzbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar bilan tanishtirish maydoniga aylandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.