Iqtisodiyot

Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyoti qanday oʻzgaryapti?

Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti besh yilda ikki barobar oʻsdi. 2021-2025 yillar oraligʻida eng yaxshi oʻrtacha real oʻsish Qirgʻizistonda kuzatildi - 9,2 foiz. Mintaqa yalpi ichki mahsulotining mamlakatlar kesimidagi tarkibida Qozogʻiston eng katta ulushga ega boʻlib qolyapti. Ammo oxirgi 5 yilda bu koʻrsatkich 60 foizdan 56 foizgacha qisqargan. Oʻz navbatida Oʻzbekistonning ulushi 24 foizdan 27 foizgacha oshdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti qanday oʻzgarib boryapti?

2021–2025 yillarda Markaziy Osiyo davlatlarining jami yalpi ichki mahsuloti 285 mlrd dollardan 543 mlrd dollarga koʻtarilib, qariyb ikki baravar oʻsish qayd etildi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti Ruslan Abaturov Jahon banki maʼlumotlari asosida mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy koʻrsatkichlarini tahlil qildi.

2025-yil yakuniga koʻra, mintaqa YaIMining mamlakatlar kesimidagi tarkibida Qozogʻiston eng katta ulushni saqlab qolmoqda. Biroq hisobot davrida uning umumiy ulushi 60 foizdan 56 foizga tushdi. Aksincha, Oʻzbekiston ulushi 24,6 foizdan 27,1 foizga, Qirgʻizistonniki 2,9 foizdan 4,2 foizga, Tojikistonniki 2,9 foizdan 3,3 foizga oshdi. Turkmaniston ulushi esa 9,6 foizdan 9,2 foizga kamaydi.

Qozogʻiston iqtisodiyoti 5 yil ichida 171 mlrd dollardan 306 mlrd dollarga yetdi. Oʻrtacha yillik real oʻsish 4,8 foizni tashkil etib, bu mintaqa davlatlari orasida eng past koʻrsatkich boʻldi. Shu sababli Qozogʻistonning mintaqa iqtisodiyotidagi ulushi qisqardi.

Qozogʻiston yalpi ichki mahsuloti tarkibida qishloq xoʻjaligining ulushi 5,4 foizdan 3,7 foizga, sanoat va qurilish ulushi esa 33,1 foizdan 32,3 foizga kamaydi. Shu bilan birga, xizmatlar sohasi ulushi 56,1 foizdan 57,7 foizga oshdi. Qishloq xoʻjaligida qoʻshilgan qiymatning oʻrtacha yillik real oʻsishi 3,5 foizni, sanoat va qurilishda 5,5 foizni, xizmatlar sohasida 4,4 foizni tashkil etdi.

Qirgʻiziston yalpi ichki mahsuloti 8,3 mlrd dollardan 22,6 mlrd dollarga chiqdi. Oʻrtacha yillik real oʻsish 9,2 foizni tashkil etib, mintaqa mamlakatlari orasida eng yuqori koʻrsatkich boʻldi. 2021-yildan keyin iqtisodiy oʻsish tezlashdi: 2022–2023-yillarda real YAIM oʻsishi yiliga qariyb 9 foizni, 2024–2025-yillarda esa 11 foizdan koʻproqni tashkil etdi.

Qirgʻiziston iqtisodiyoti tarkibida qishloq xoʻjaligining ulushi 12,2 foizdan 8 foizga kamaydi. Sanoat va qurilish ulushi deyarli oʻzgarmay, 26,9 foizdan 26,5 foizga tushdi, xizmatlar sohasi ulushi esa 50,7 foizdan 51,2 foizga oshdi. Qishloq xoʻjaligida qoʻshilgan qiymatning oʻrtacha yillik real oʻsishi 2,3 foizni, sanoat va qurilishda 10,5 foizni, xizmatlar sohasida 8,5 foizni tashkil etdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.