Texnologiya

Markaziy Osiyo mamlakatlari favqulodda xizmatlar faoliyatiga sunʼiy intellektni joriy etishni muhokama qildilar

Markaziy Osiyo mamlakatlari favqulodda xizmatlar faoliyatiga sunʼiy intellektni joriy etishni muhokama qildilar

Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining mintaqaviy forumi boʻlib oʻtmoqda, unda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasidagi hamkorlik masalalari koʻrib chiqilmoqda. Tadbirda Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikramov ishtirok etdi.

Forum 19 va 20 oktyabr kunlari oʻtkazilmoqda. Uning doirasida mintaqaviy ekspertlar ishtirokida panel sessiyalari, shuningdek, delegatsiyalar rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Yakuniy kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlari, shuningdek, BMT, BMTTAD va GIZ vakillarining maʼruzalari tinglandi.

Ikramov transchegaraviy xususiyatga ega favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mintaqa mamlakatlarining saʼy-harakatlarini birlashtirish muhimligini taʼkidladi. U ustuvor yoʻnalishlar qatorida favqulodda xizmatlar faoliyatiga sunʼiy intellektni joriy etish va erta ogohlantirish tizimlarini rivojlantirishni tilga oldi.

Forumda ilk bor Kuzatuvchi maqomida Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vazirligi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan, jumladan, chegaraoldi hududlarda himoya qilish boʻyicha mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.