Siyosat

«Markaziy Osiyo kuchliroq, jipslashganroq va oʻz kelajagini mustaqil belgilashga tobora koʻproq qodir boʻldi» — Oʻzbekiston TIV rahbari

Markaziy Osiyo va AQSh hamkorligi mintaqaning «yangi imkoniyatlarning yagona makoni sifatidagi» salohiyatini ochib berishi kerak, dedi Oʻzbekiston TIV rahbari. U georazvedkadan tortib sanoat klasterlarini tashkil etishgacha boʻlgan oʻta muhim minerallar boʻyicha sheriklikni ustuvor yoʻnalishlardan biriga aylantirishni taklif qildi.

«Markaziy Osiyo kuchliroq, jipslashgan va oʻz kelajagini mustaqil belgilashga tobora koʻproq qodir boʻldi» — Oʻzbekiston TIV rahbari

Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh tashqi ishlar vazirlarining C5+1 formatidagi ilk uchrashuvi 2015 yilda Samarqandda boʻlib oʻtgan edi. Oʻshandan beri Markaziy Osiyo kuchliroq, jipslashgan va oʻz kelajagini mustaqil belgilashga tobora koʻproq qodir boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Samarqandda mintaqa mamlakatlari TIV rahbarlari va AQSh davlat kotibining uchrashuvida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda «Gazeta» muxbiri.

«Hamkorligimizning keyingi bosqichi nafaqat ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishga, balki Markaziy Osiyoning yangi imkoniyatlarning integratsiyalashgan mintaqasi sifatidagi salohiyatini ochishga qaratilgan boʻlishi kerak. Bu iqtisodiy bogʻliqlikni mustahkamlash, ilgʻor texnologiyalar va investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlarimizni kengaytirishni anglatadi», — dedi vazir.

«Biz kuchli, barqaror va farovon Markaziy Osiyo barcha mamlakatlarimiz va xalqaro hamkorlarimiz manfaatlariga javob berishiga qatʼiy ishonamiz», — deb taʼkidladi TIV rahbari.

Mintaqa va AQSh oʻrtasidagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari qatorida Oʻzbekiston oʻta muhim minerallarni taklif etdi.

«Asosiy ustuvor yoʻnalishlarimizdan biri sifatida biz geologiya-qidiruv va mineral xom ashyoni qayta ishlashdan tortib mahalliy sanoat klasterlarini tashkil etishgacha boʻlgan oʻta muhim minerallar sohasida strategik sheriklikni rivojlantirishni taklif etamiz», — dedi TIV rahbari.

Vazir Markaziy Osiyo boy resurslarga, oʻsib borayotgan bozorlarga, inson kapitaliga va strategik muhim geografik joylashuvga ega ekanini, AQSh esa ilgʻor texnologiyalar, investitsiya kapitali va jahon darajasidagi tadbirkorlik tajribasiga ega ekanini taʼkidladi.

«Umumiy vazifamiz — ushbu kuchli tomonlarni birlashtirish va xalqlarimizga sezilarli foyda keltiradigan mustahkam sheriklikni yoʻlga qoʻyishdir», — dedi u.

Baxtiyor Saidov, shuningdek, «C5+1» Kotibiyatida hamraislikni oʻz zimmasiga olgan holda, Oʻzbekiston ishlarning izchilligini taʼminlash va kelishuvlarni amaliy natijalarga aylantirishga eʼtibor qaratish niyatida ekanini maʼlum qildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.