Iqtisodiyot

Markaziy bank zaxiralarining bir qismini xorijiy kompaniyalar boshqaruviga berish: foyda va xatarlar

Markaziy bank yaqinda oltin-valyuta zaxiralarining bir qismini xalqaro aktiv boshqaruvchilarga berish imkoniyati koʻrib chiqilayotganini maʼlum qildi. Bu qadam Oʻzbekistonga nima beradi, zaxiralarning xavfsizligi va likvidligiga qanday taʼsir qiladi va qanday sharoitda oʻzini oqlaydi? Bu borada Kun.uz kolumnisti Ahliddin Malikov fikr yuritadi.

Markaziy bank zaxiralarining bir qismini xorijiy kompaniyalar boshqaruviga berish: foyda va xatarlar

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2026-yil 1-sentabr holatiga koʻra 72,1 mlrd dollarga yetdi. Bu mamlakat importini bir yildan ortiq muddatga qoplaydi. 18-sentabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan Davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha xalqaro forumda Markaziy bank (MB) raisi bank zaxiralarni aktivlar turi, valyuta va kontragentlar boʻyicha diversifikatsiya qilishni davom ettirishini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, diversifikatsiya yoʻnalishlaridan biri — aktivlarning bir qismini tashqi boshqaruvga topshirishdir. Markaziy bank bunday amaliyotning ustuvorliklarini aniq tartibda belgilagan: avval xavfsizlik, keyin likvidlik, soʻngra daromadlilik. Biroq tashqi boshqaruv hajmi, qaysi aktivlarga tegishli boʻlishi va qaysi kompaniyalar jalb qilinishi hali oshkor etilmagan.

Shundan kelib chiqib, muhim savol paydo boʻladi:

MB valyuta zaxiralarining bir qismini xorijiy aktiv boshqaruvchi kompaniyalarga ishonib topshirishi kerakmi?

Bu savol uchta jihatni qamrab oladi:

• Zaxiralarning tashqi boshqaruvi MBga qanday afzalliklar berishi mumkin?

• Bu zaxiralarning xavfsizligi, likvidligi va monetar siyosatga qanday taʼsir qiladi?

• Qanday xatarlar mavjud va qaysi sharoitda foyda xatardan ustun keladi?

Quyida ushbu masalalarni tahlil qilamiz.

Nega tashqi boshqaruv haqida gap ketmoqda?

Avvalo zaxiralar tarkibiga eʼtibor qaratish lozim. 1-sentabr holatiga koʻra 72,1 mlrd dollarlik zaxiraning 64,9 mlrd dollari, yaʼni qariyb 90 foizi oltindan iborat. Valyuta aktivlari esa atigi 6,6 mlrd dollarni tashkil etadi, bu 2013-yildan beri eng past koʻrsatkichdir. Ularning 1,8 mlrd dollari qimmatli qogʻozlarda joylashtirilgan.

Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari tarkibi, mlrd dollar.

Oltin ulushi 2020-yildagi 58 foizdan 90 foizga oshdi. Bu oltin narxining keskin koʻtarilishi va MBning oltin xarid qilishi natijasidir. Shu sababli MB zaxiralarni diversifikatsiya qilish, yaʼni bir aktivga bogʻliqlikni kamaytirish haqida gapirmoqda.

Xalqaro amaliyotda markaziy banklarning aksariyati zaxiralarining bir qismini tashqi boshqaruvchilarga beradi. Jahon bankining Central Bank Reserve Management Practices: Insights into Public Asset Management hisobotiga koʻra, soʻrovda qatnashgan markaziy banklarning 75 foizi kamida bitta tashqi boshqaruvchidan foydalanadi. Shu bilan birga, tashqi boshqaruvga beriladigan zaxiralar ulushi odatda kichik: soʻrovnomada qatnashgan

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.