Markaziy bank soxta bank haqida ogohlantirdi.
Markaziy bankdan olingan deb da'vo qilingan soxta litsenziya internetda tarqatilmoqda. Hujjatda mavjud bo'lmagan "Oltin Oy Credit" banki ro'yxati keltirilgan.

Markaziy bank firibgar tashkilot haqida ogohlantirish eʼlon qildi.
Markaziy bank matbuot xizmati bayonotiga koʻra, "Oltin Oy Credit" deb nomlangan aksiyadorlik tijorat banki mavjud emas va hech qachon roʻyxatdan oʻtmagan. Regulyator bunday tuzilmaga hech qanday litsenziya bermaganligini taʼkidladi.
Markaziy bank fuqarolarga oʻzining rasmiy veb-saytida litsenziyalangan banklar haqidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirishni qatʼiy tavsiya qiladi.

