Mahalliy

Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni muomalaga chiqaradi

Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni muomalaga chiqaradi

O‘zbekiston Markaziy banki Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi munosabati bilan oltin va kumush esdalik tangalarini muomalaga chiqaradi. Bu haqda regulyatorning matbuot xizmati ma’lum qildi.

Esdalik tangalari “Ikki tanga — bir Registon” konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan. Oltin va kumush tangalar yonma-yon qo‘yilganda Registon maydoni peshtoqining yaxlit tasviri hosil bo‘ladi.

Tangalar old tomonida Samarqanddagi Tillakori madrasasining me’moriy unsurlari hamda shaxmat donalari aks ettirilgan. Oltin tangada “46-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasi Samarqand-2026”, kumush tangada esa “46th Fide Chess Olympiad Samarkand-2026” yozuvi joylashtirilgan.

Orqa tomonida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) logotipi tasvirlangan. Shuningdek, tangalarda Markaziy bank nomi va nominal qiymati ham ko‘rsatilgan.

Har bir tanga 31,1 gramm og‘irlikka ega bo‘lib, nominal qiymati 100 ming so‘mni tashkil etadi.

Dastlab 100 dona oltin va 500 dona kumush tanga chiqariladi. Markaziy bankka ko‘ra, bozor talabi va kolleksionerlar qiziqishidan kelib chiqib, tangalar tiraji bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.