Layfstayl

Mark Sukerberg Irlandiyadagi 200 yillik tarixga ega qasrni sotib oldi

Mark Sukerberg Irlandiyadagi 200 yillik qasrga egalik qildi

Facebook asoschisi va Meta rahbari Mark Sukerberg rafiqasi Prissilla Chan bilan birgalikda Irlandiyaning tarixiy Strancally qasrini sotib oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” The Guardian nashriga tayanib xabar berdi.

Voterford grafligida, Blekvoter daryosi bo‘yida joylashgan ushbu rezidensiyaning aniq narxi rasman oshkor etilmagan. Biroq ommaviy axborot vositalari kelishuv qiymatini 20-30 million yevro atrofida baholamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Strancally qasri 1825–1835-yillarda qurilgan. Uch qavatli binoning maydoni qariyb 1500 kvadrat metrni, unga tegishli hudud esa 178 gektarni tashkil etadi. Bu yerda o‘rmon, bog‘lar va shaxsiy pristan mavjud.

Yangi rezidensiya Meta kompaniyasining Dublindagi Yevropa shtab-kvartirasidan taxminan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan. Sukerbergning rasmiy vakili Brayan Beykerning bildirishicha, milliarder va uning oilasi ushbu tarixiy obidani saqlab qolish hamda Irlandiyada vaqt o‘tkazish imkoniyatidan mamnun. Hozirda ushbu mamlakatda kompaniyaning 1500 ga yaqin xodimi faoliyat yuritadi.

Eslatib o‘tamiz, milliarder joriy yilning mart oyida Mayami yaqinidagi xususiy oroldan 170 million dollarga yirik mulk sotib olgan edi. Mazkur xaridlar fonida Meta kompaniyasi sun’iy intellekt loyihalariga sarflanayotgan katta xarajatlar sababli aprel oyida 8 mingga yaqin ish o‘rnini qisqartirishini ma’lum qilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Sukerbergning boyligi ilk bor 200 milliard dollardan oshgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.