Dunyo

Maqtanchoq Tramp, BMTga kelmagan Si va Guterrishning oxirgi nutqi: oliy hafta boshlandi

Eron va Ukrainada urush davom etar ekan, tinchlikparvar BMT yana bir yillik sessiyani oʻtkazmoqda. Soʻzga chiqqanlarning hech boʻlmasa bitta gapi shu ikki urush haqida. Biroq, prezidentlarning aksariyati avval gapirganlarini qaytardi. Masalan, Tramp qariyb bir soat davomida siyosatini maqtadi. Kun.uz ning AQShdagi muxbiri oliy hafta umumiy munozaralar birinchi kunidan xabar beradi.

Maqtanchoq Tramp, BMTga kelmagan Si va Guterrishning so‘nggi nutqi: oliy hafta boshlandi

Bosh assambleya oliy haftasining nutqlaridagi ilk kunida minbarni Braziliya va AQSH prezidentlari boshlab berdi. O‘nlab davlat rahbarlari so‘zga chiqdi, ular orasida Turkiya, Koreya, Fransiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Afrika davlatlari, Mo‘g‘uliston, Xorvatiya, Finlandiya, Lyuksemburg, Chili, Peru va boshqa vakillar bor.

Avvalo, bosh kotib Guterrish Bosh assambleyada so‘nggi bor qatnashmoqda, chunki u kelasi yildan bu lavozimda bo‘lmaydi. Shu sabab zal Guterrishni nutqidan keyin olqishlar bilan kuzatdi.

Ikkinchidan, hatto Eron prezidenti boshchiligidagi delegatsiya ham Nyu-Yorkda. Ularga AQSH viza bergan, ammo media rad etilgan. Pezeshkiyon 23-sentabr kuni oliy minbardan nutq so‘zlaydi.

Uchinchidan, Venesuelaning muvaqqat rahbariyati BMT adolatiga ishonib, sessiyaga kelganini bildirmoqda.

Xitoy raisi Si Szinpin esa yana Bosh assambleyaga kelmadi, biroq Amerikaga rasmiy safar bilan kelmoqda. Ya’ni, Xitoy raisi Pekindan to‘g‘ridan to‘g‘ri Vashingtonga keladi. Tramp Nyu-Yorkni tark etdi, sababi u hamkasbini Vashingtonda qarshi olishi kerak.

O‘zbekiston delegatsiyasiga prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchilik qilmoqda. U 23-sentabr kuni so‘zga chiqadi. Biroq ochilish sessiyasida ham qatnashib, ikki tomonlama muloqotlar o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil Bosh assambleyaga 18 mingdan ortiq delegat kirish ruxsatnomalarini olgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.