“Manchester Yunayted” “Chelsi” futbolchisini sotib oldi

“Manchester Yunayted” “Chelsi” futbolchisini qo‘lga kiritdi

Braziliyalik futbolchi Andrey Santos Londonning “Chelsi” klubidan “Manchester Yunayted”ga o‘tdi. Bu haqda mankunianliklar matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ma'lum bo‘lishicha, 22 yoshli yarim himoyachi bilan tuzilgan shartnoma 2031-yil iyun oyigacha amal qiladi.

Avvalroq transfer narxi 50 million funt sterling (58,5 million yevro) ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Andrey Santos 2023-yil yanvaridan buyon “Chelsi”da o‘ynab kelayotgandi. U klub safida jami 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O‘tgan mavsumda braziliyalik yarim himoyachi barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 4 ta assist qayd etdi.

Santos faoliyati davomida Fransiyaning “Strasbur”, Angliyaning “Nottingem Forest” va Braziliyaning “Vasko da Gama” klublarida ham to‘p surgan.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.