“Manchester Yunayted” Brunoga yangi shartnoma taklif qiladi — manba

“Manchester Yunayted” Brunosiz qolishni istamaydi: yangi shartnoma taklif qilinmoqda — manba
“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachi Bruno Fernandesh bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda The Athletic nashri ma’lum qildi.
31 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha amal qiladi va uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud. Shunga qaramay, “Manchester Yunayted” Fernandeshni uzoq muddatga jamoada saqlab qolish niyatida.
Klubning bu qaroriga “Galatasaroy”ning portugaliyalik futbolchiga bo‘lgan jiddiy qiziqishi ham sabab bo‘lgan. Turkiya klubi Fernandeshga yiliga taxminan 20 million yevro maosh taklif qilishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq, “Manchester Yunayted” Brunoni sotishni rejalashtirmayapti. Klub uni jamoaning asosiy yetakchilaridan biri va kelajakdagi sardori sifatida ko‘rmoqda. Fernandeshning o‘zi ham hozircha klubda qolishga qarshi emasligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, portugaliyalik futbolchi 2020-yildan buyon “Manchester Yunayted” safida to‘p surib kelmoqda. U 2023-yildan beri jamoa sardori hisoblanadi. Fernandesh 2025/26-yilgi mavsumda “Manchester Yunayted” uchun ayniqsa muhim rol o‘ynadi. U Premyer Ligada 21 ta golli uzatmani amalga oshirib, turnir tarixida bir mavsumdagi assistlar bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Shuningdek, u APLda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urgan.

