Sport

“Manchester Siti” Rodriga o‘rinbosar topdi — Romano

“Manchester Siti” Rodri o‘rniga yangi futbolchi topdi — Romano

“Manchester Siti” klubi Rodri “Barselona”ga transfer qilinganidan so‘ng, Fransiyaning “Lill” jamoasi yarimhimoyachisi Ayyub Buaddini o‘z safiga qo‘shib olishga intilmoqda. Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, 18 yoshli marokashlik futbolchi Angliya klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgan. Uning Angliyaga ko‘chib o‘tishi bir yildan keyin emas, balki shu yozda amalga oshishi kutilmoqda.

“Shaharliklar” yaqin soatlar ichida “Lill” rahbariyati bilan muzokaralarning navbatdagi bosqichini o‘tkazadi. Buaddining transferi faqat vaqt masalasi ekanligi ta’kidlanmoqda.

Ma’lumot uchun, Ayyub Buaddi “Lill” akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 2023/24-yilgi mavsumda, 16 yoshida debyut qilgan. Yarimhimoyachi o‘tgan 2025/26-yilgi mavsumda jami 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Siti” Rodrini “Barselona”ga 76,5 million yevro evaziga sotgani haqida xabar berilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.