“Manchester Siti” klub tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi

"Manchester Siti" klubi o'z tarixidagi eng qimmat futbolchi transferini amalga oshirdi.
Braziliyalik futbolchi Savinyoning Londonning "Tottenhem" klubiga o'tishi rasman tasdiqlandi. Bu kelishuv "shaharliklar" uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi, chunki Savinyo klub tarixidagi eng qimmatga sotilgan futbolchiga aylandi.
Savinyoning transfer qiymati 87,7 million yevroni tashkil etdi. Natijada u 2024-yilda 75 million yevro evaziga sotilgan Xulian Alvaresni ortda qoldirib, "Siti" tarixidagi eng qimmat sotilgan futbolchi bo'ldi. Kuchli uchlikni esa 61 million yevro evaziga Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" klubiga o'tgan Teyani Reynders yakunladi.
"Manchester Siti" sotgan eng qimmat futbolchilar (top-10):
1. Savinyo ("Tottenhem", 26/27-yilgi mavsum) — 87,7 mln yevro
2. Xulian Alvares ("Atletiko Madrid", 24/25) — 75 mln yevro
3. Teyani Reynders ("Al-Qodisiya", 26/27) — 61 mln yevro
4. Rodri ("Barselona", 26/27) — 60 mln yevro
5. Rahim Sterling ("Chelsi", 22/23) — 56,2 mln yevro
6. Ferran Torres ("Barselona", 21/22) — 55 mln yevro
7. Gabriel Jezus ("Arsenal", 22/23) — 52 mln yevro
8. Leroy Sane ("Bavariya", 20/21) — 49 mln yevro
9. Koul Palmer ("Chelsi", 23/24) — 47 mln yevro
10. Jeyms Trafford ("Lids", 26/27) — 46,7 mln yevro
Ma'lumot uchun, 22 yoshli Savinyo 2022-yilning yozidan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U jamoa tarkibida jami 84 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

