Sport

“Manchester Siti” “Barselona” futbolchisini sotib olishi mumkin — El Nacional

“El Nacional” nashrining xabar berishicha, “Manchester Siti” “Barselona” futbolchisini sotib olishi mumkin.

“Barselona” Rodrini o‘z safiga qo‘shib olganidan so‘ng, klubning transfer rejalari sezilarli darajada o‘zgardi. Endilikda bir qator futbolchilar, jumladan, jamoaning ba’zi yetakchilari ham klubni tark etishi kutilmoqda.

Kataloniyaliklar bilan xayrlashishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodlardan biri Frenki de Yongdir. Niderlandiyalik futbolchiga “Yuventus” tomonidan jiddiy qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Buning sababi Rodri kelganidan so‘ng De Yongning klubdagi kelajagi noaniq bo‘lib qolmoqda.

Biroq, taniqli insayder Matteo Moretto De Yongning Turin klubiga o‘tishi haqidagi mish-mishlarni qat’iyan rad etdi. Jurnalistning ta’kidlashicha, bu xabarlar hech qanday asosga ega emas. Qolaversa, futbolchi ayni paytda og‘ir jarohatdan tiklanmoqda, bu esa uning yozgi transferlar oynasida boshqa jamoaga o‘tish ehtimolini deyarli yo‘qqa chiqaradi.

“El Nacional” nashri niderlandiyalik yarimhimoyachiga “Manchester Siti” jiddiy qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, ingliz klubi rahbariyati De Yong jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lganidan so‘ng — taxminan joriy yilning oxiriga borib, unga manfaatli taklif bilan chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli De Yong o‘tgan mavsum barcha musobaqalar doirasida jami 38 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Niderlandiyalik futbolchi ushbu o‘yinlarda 1 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.