Sport

“Manchester Siti” 90 mln yevroga futbolchi sotib oladi

“Manchester Siti” 90 million yevroga futbolchi sotib olishga tayyorlanmoqda.

Angliyaning “Manchester Siti” futbol klubi Fransiyaning “Lill” jamoasidan 18 yoshli marokashlik yarimhimoyachi Ayyub Buaddini sotib olish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Fichajes nashrining xabar berishicha, “shaharliklar” ushbu futbolchi uchun 90 million yevro to‘lashga tayyor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Manchester Siti” Buaddi bilan 2031-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Endilikda asosiy qadam “Lill” bilan transfer narxini muhokama qilishdan iborat. Klubning yosh yarimhimoyachiga qiziqishi jamoaning asosiy yulduzlaridan biri Rodri bilan bog‘liq noaniqliklar fonida yuzaga kelgan. Ispaniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027-yil iyun oyida yakuniga yetadi va u hozircha shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lmagan. Shu sababli, manchesterliklar ispan futbolchisiga munosib o‘rinbosar topishga harakat qilmoqda.

O‘z navbatida, “Lill” klubi 2025-yil dekabr oyida Buaddi bilan shartnomani 2029-yilgacha uzaytirgan edi. Shu bois, fransuz klubi rahbariyati o‘yinchini arzon narxda sotish niyatida emas va transfer uchun qariyb 100 million yevro talab qilmoqda. “Siti”ning 90 million yevrolik taklifi fransuzlar talabiga ancha yaqin bo‘lganligi sababli, marokashlik futbolchining “shaharliklar” bilan shartnoma imzolash ehtimoli yuqori baholanmoqda.

Qayd etish joizki, Ayyub Buaddining bozor qiymati taxminan 50 million yevroga baholanmoqda. Yakunlangan mavsumda futbolchi jami 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Hozirda futbolchiga “Siti”dan tashqari “Arsenal”, “Liverpul”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” kabi klublar ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq, o‘yinchi bilan allaqachon kelishib olgani “Manchester Siti”ni ushbu transfer poygasida yaqqol favoritga aylantirgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.