“Manchester Siti” 140 million yevrolik transferga tayyorlanmoqda — Insayder

“Manchester Siti” 140 million yevrolik transferga tayyorlanmoqda — Insayder
“Manchester Siti” yarim himoya chizig‘ida jiddiy o‘zgarishlar qilish niyatida. Klub “Chelsi”dan Enso Fernandesni sotib olishni rejalashtirmoqda, shu bilan birga Niko Gonsales bilan xayrlashishga tayyor.
Insayder Janluka di Marsioning xabariga ko‘ra, har ikki transfer bo‘yicha muzokaralar hozirda faol bosqichda.
“Shaharliklar” Fernandes transferini shu hafta yakunlashni maqsad qilgan. Ayni paytda “Chelsi” futbolchi uchun moliyaviy talablarini oshirdi — dastlab London klubi 120 million yevrolik taklifni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan bo‘lsa, endi 140 million yevro talab qilmoqda. Argentinalik yarim himoyachining o‘zi ham klubini o‘zgartirishga qiziqmoqda va Enso Mareska qo‘l ostida faoliyatini davom ettirishga qarshi emas.
Shu bilan birga, “Manchester Siti” Niko Gonsalesni sotishga yaqin turibdi. Ispaniyalik yarim himoyachining “Nyukasl” bilan muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlangan va u yaqin vaqt ichida yangi klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Fernandes 2023-yil yanvaridan buyon “Chelsi” safida to‘p surmoqda. Argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2032-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining bozor qiymati 100 million yevroga baholanmoqda.

