Mamlakatning jamoaviy qiyofasi. Bugundan kelajak sari
Material O‘zbekistonda 2026 yilda o‘tkazilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalari hamda ularning mamlakatdagi demografik, ijtimoiy va agrar holatni aniqlashtirish, shuningdek, davlat rejalashtirishini yanada takomillashtirishdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan.

Mamlakatning jamoaviy qiyofasi: Bugundan kelajak sari
Aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati nimada? Aholini ro‘yxatga olish davlat boshqaruvining eng qadimiy usullaridan biridir. Qadimgi Misr, Xitoy va Rim imperiyalarida ham aholi, yer maydonlari, xo‘jaliklar va mol-mulk hisobi yuritilgan. O‘sha davrlarda aholi soni haqidagi ma’lumotlar oziq-ovqat taqsimoti, soliq yig‘ish va harbiy xizmatni tashkil etish uchun muhim bo‘lgan. Hozirgi zamonda esa aholini ro‘yxatga olish ancha kengroq vazifalarni o‘z ichiga oladi. U aholi soni, xonadonlar...

