Mahalliy

“Mamlakatimiz kelajagi nafaqat aholi soni, balki eng avvalo ular qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi” — Saida Mirziyoyeva

“Mamlakatimiz kelajagi nafaqat aholi soni, balki eng avvalo ular qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi” — Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi bilan hamkorlikda demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbirda qatnashdi.

Taʼkidlanishicha, O‘zbekistonning eng muhim kapitali — uning yosh avlodi.

Bu salohiyat kelajakda demografik dividend manbaiga aylanishi uchun bugundan boshlab har bir insonning, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritish zarur.

“Bu boradagi sa’y-harakatlarimiz manzilli va uzoq muddatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yyapmiz hamda Demografik dividend – 2050 strategiyasini ishlab chiqishni rejalashtiryapmiz. Mamlakatimiz kelajagi nafaqat aholi soni, balki eng avvalo ular qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi”, – deb yozdi Prezident administratsiyasi rahbari.

Avvalroq Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.