Maktablarda choraklik baholar yangi tizim boʻyicha hisoblanadi: 10, 50 va 40 ball
Maktablarda choraklik baho 100 balldan shakllantiriladi: 10 ballni formativ baholash, 50 ballni bob boʻyicha baholash, 40 ballni esa choraklik yakuniy nazorat tashkil etadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi maʼlum qildi. Yangi tizim nafaqat yodlab olingan maʼlumotlar hajmini hisobga oladi. U shuningdek, mavzularni tushunish, mustaqil fikrlash va bilimlarni amalda qoʻllash qobiliyatini ham baholaydi […]

Maktablarda choraklik baho yangi tizim boʻyicha hisoblanadi: 10, 50 va 40 ball
Maktablarda choraklik baho 100 balldan shakllantiriladi: 10 ball formativ baholashga, 50 ball bob boʻyicha baholashga, 40 ball esa choraklik yakuniy nazoratga toʻgʻri keladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi maʼlum qildi.
Yangi tizim nafaqat yodlab olingan maʼlumotlar hajmini hisobga oladi. U shuningdek, mavzularni tushunish, mustaqil fikrlash va bilimlarni amaliyotda qoʻllay olish qobiliyatini ham baholaydi.
10 ball — formativ baholash. Darslar davomida oʻqituvchilar oʻquvchilarning materialni qanday oʻzlashtirayotganini kuzatib boradilar. Shuningdek, ularga xatolari koʻrsatiladi va ularni tuzatish imkoniyati beriladi.
50 ball — BSB, bob boʻyicha summativ baholash. U oʻquvchi oʻrganilgan mavzu yoki boʻlimni qanchalik oʻzlashtirganini koʻrsatadi.
40 ball — CHSB, choraklik summativ baholash. Ushbu bosqichda chorak davomida olingan umumiy bilim va amaliy koʻnikmalar baholanadi.
Shu tariqa, choraklik baho uchta baholash turidan shakllanadi va umumiy hisobda maksimal 100 ballni tashkil etadi.

