Maktablarda 2-sentyabrdan yangi o‘quv yili boshlanadi
Birinchi sinfga qabul qilinadigan 795 mingdan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat «Prezident sovg‘asi»

Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, mamlakatimiz maktablarida 2026/2027 o‘quv yili 2-sentyabrda start oladi.
Respublikamizdagi barcha umumta’lim maktablarida yangi – 2026/2027 o‘quv yilining dars jarayonlari joriy yilning 2-sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi.
Shu yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 795 mingdan ziyod o‘quvchiga 12 turdagi o‘quv qurollarini o‘z ichiga olgan "Prezident sovg‘asi" tantanali ravishda topshiriladi.

