Dunyo

“Makka alyansi kutilganidan tezroq harakat qilyapti” - siyosatshunos

Makka pakti imzolanganidan uch hafta oʻtib, u rasman “Makka mudofaa alyansi” nomini oldi. Ar-Riyodda kotibiyat tashkil etilishi va Pokiston vakilining bosh kotib etib tayinlanishi alyansning doimiy mudofaa tuzilmasi sifatida shakllanayotganini koʻrsatmoqda. Bangladesh bu alyansga qoʻshilish istagini bildirgan ilk davlatlardan biri boʻldi.

“Makka alyansi kutilganidan tezroq harakat qilyapti” - siyosatshunos

Makka pakti imzolanganidan uch hafta oʻtgach, u rasman “Makka mudofaa alyansi” nomini oldi. Ar-Riyodda kotibiyatning tashkil etilishi va Pokiston vakilining bosh kotib etib tayinlanishi alyansning doimiy mudofaa tuzilmasi sifatida shakllanayotganidan darak bermoqda. Bangladesh esa bu alyansga qoʻshilish istagini bildirgan ilk davlatlardan biri boʻldi.

- Makka pakti endi rasman “Makka mudofaa alyansi” deb ataldi. Tashkilotning keyingi bosqichi qanday boʻladi, bu mavzu atrofida jarayonlar qanday ketyapti?

Shavkat Ikromov: 7-avgust kuni imzolangan Makka paktida uch davlat ittifoqining qanday nomlanishi borasida hali yakuniy qaror qabul qilinmagan edi. Shu sababli dastlab koʻpchilikda bu Pokiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi avvalgi kelishuvlar singari navbatdagi harbiy ittifoq boʻlib qoladimi yoki institutsional tuzilmaga aylanadimi, degan savol tugʻilgandi. Ammo jarayon kutilganidan tezroq kechdi. 31-avgust kuni Istanbulda alyansga rasmiy nom berildi. Eng muhimi, uning tashkiliy mexanizmlari ham shakllantirila boshlandi. Ar-Riyodda kotibiyat tashkil etilishi belgilandi va Pokiston vakili uch yil muddatga kotib etib tayinlandi.

Bu qadamlar tomonlarning niyati jiddiy ekanini koʻrsatadi. Gap oddiy siyosiy yoki harbiy kelishuv haqida emas, balki uni barqaror institutsional tuzilmaga aylantirish jarayoni haqida ketmoqda. Kotibiyatning tashkil etilishi va kotib tayinlanishi alyans xalqaro tashkilotlarga xos boshqaruv mexanizmlarini shakllantirayotganini koʻrsatadi.

Alyansning kengayishi masalasi ham kun tartibida. Hozir eng koʻp tilga olinayotgan davlatlardan biri — Bangladesh. Kelishuvda tashkilot boshqa davlatlar uchun ham ochiq ekani qayd etilgani sababli, Bangladesh alyansga qoʻshilish istagini bildirgan ilk davlatlardan biri boʻldi.

Bangladesh harbiy va demografik salohiyat jihatidan kichik davlat emas. Uning iqtisodiyoti hali rivojlanayotgan boʻlsa-da, oʻsish surʼati yuqori davlatlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, mamlakat mintaqadagi urush va nizolar tarixini yaxshi biladi. Bangladesh 1971-yilda Pokistondan ajralib, mustaqil davlat sifatida shakllangan. Bugungi kunda u sezilarli harbiy salohiyatga ega va Saudiya Arabistoni bilan yaqin aloqalarni saqlab keladi. Shu sabab Bangladeshning alyansga qoʻshilishi tashkilotning geografik va harbiy salohiyatini sezilarli darajada kengaytirishi mumkin.

Yana bir muhim masala — Misrning pozitsiyasi. Qohira hozircha alyansga qoʻshilish borasida yakuniy qaror qabul qilgani yoʻq. Misr tomoni avvalo tashkilot qanday shakllanishi va rivojlanishini kuzatishini bildirdi. Shunga qaramay, Misrning kelajakda alyansga qoʻshilish ehtimolini inkor etib boʻlmaydi. Misr va Saudiya Arabistoni uzoq yillardan beri yaqin munosabatlarni saqlab keladi. Turkiya va Misr esa soʻnggi yillarda munosabatlarni bosqichma-bosqich tiklamoqda. Pokiston va Misr oʻrtasidagi aloqalar ham yaxshi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.