Sport

Mahallada sport to‘garagi tashkil etgan trenerlar rag‘batlantiriladi

Mahallalarda sport to‘garaklarini tashkil etgan holda o‘zini o‘zi band qilgan trenerlar har yili 20 avgustga qadar sport maktablariga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Ular ijtimoiy buyurtmalarni bajarish sharti bilan sport maktabi treneri uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorida har oy rag‘batlantirib boriladi.

Mahallalarda sport to‘garaklari ochgan murabbiylar rag‘batlantiriladi.

Hukumatning yangi qarori bilan “Mahallalarda sport to‘garaklarini tashkil etgan holda o‘zini o‘zi band qilgan trenerlarni sport maktabiga biriktirish hamda ularni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Ushbu nizomga ko‘ra, mahallalarda sport to‘garaklari tashkil etib, o‘zini o‘zi band qilgan murabbiylar har yili 20-avgustga qadar ixtiyoriy ravishda sport maktablariga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Arizada quyidagi ma’lumotlar aniq ko‘rsatilishi shart:

* Mahallada tashkil etilgan sport to‘garagining manzili, sport inshootining maydoni va sig‘imi;

* Sport to‘garagida mavjud bo‘lgan sport turlari (yo‘nalishlari);

* Sport to‘garagida shug‘ullanayotgan sportchilar haqidagi ma’lumotlar;

* Trenerlik faoliyati bo‘yicha malaka oshirganlikni tasdiqlovchi sertifikat.

Sport maktabi arizani qabul qilib olgandan so‘ng 5 ish kuni ichida uni ko‘rib chiqadi va murabbiylarni sport maktabiga biriktiradi.

Har bir tuman (shahar)dagi sport maktabi ko‘pi bilan 5 nafargacha murabbiyni biriktirish huquqiga ega.

Biriktirilgan murabbiylar quyidagi ijtimoiy buyurtmani bajarish sharti bilan har oyda sport maktabi murabbiyi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorida rag‘batlantirib boriladi:

* Vakolatli organ tomonidan belgilangan miqdor va me’yorlar asosida sportchilarni tayyorlash;

* Sportchilarni “ERP sport” tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish;

* Sportchilarning kunlik davomatini “Face ID” tizimi orqali elektron tarzda doimiy kiritib borish.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.