Mahalliy

Magistrant qizlar uchun kontrakt pulini byudjetdan toʻlab berish haqida ariza topshirish muddati uzaytirildi

Oʻzbekistonda magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakt toʻlovini qoplab berish uchun ariza topshirish muddati uzaytirildi. Endi hujjatlarni 2026 yil 10 oktyabrgacha topshirish mumkin. Gap magistraturada bazaviy toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan ayollar haqida bormoqda. Ularning oʻqishi davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladi. Bunday imkoniyat Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 avgustdagi 447-sonli qarorida nazarda tutilgan. Kompensatsiya uchun ariza […]

Magistrant qizlar uchun kontrakt pulini byudjetdan toʻlab berish haqida ariza topshirish muddati uzaytirildi

Oʻzbekistonda magistrant qizlar uchun kontrakt pulini toʻlab berish haqida ariza topshirish muddati uzaytirildi. Endi hujjatlarni 2026 yil 10 oktyabrgacha topshirish mumkin.

Gap magistraturada bazaviy toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlar haqida bormoqda. Ularning oʻqish puli davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladi.

Bunday imkoniyat Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 avgustdagi 447-sonli qarorida nazarda tutilgan.

Kontraktni qoplab berish haqidagi arizani kontrakt.edu.uz platformasi orqali topshirish lozim. Ushbu chora 2026/2027 oʻquv yilida amal qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.