Magʻlubiyatga chidolmagan gruziyalik dzyudochi raqibining jagʻini sindirdi
2024-yilgi Parij Olimpiadasi ishtirokchisi boʻlgan Kaveliusning jagʻi va ikkita tishi singan. U shifoxonaga yotqizilgan.

Magʻlubiyatni hazm qila olmagan gruziyalik dzyudochi raqibining jagʻini sindirdi
Gruziyalik dzyudochi Akakiy Japaridze germaniyalik dzyudochi Timo Kaveliusni doʻpposlagani haqida xabar berildi.
Xabarga koʻra, gruzin kurashchisi jangda magʻlubiyatga uchragan. Magʻlubiyatga chidolmagan Japaridze raqibiga tashlanib, unga musht tushirgan va yiqilgan kurashchini yana bir necha bor urgan.
2024-yilgi Parij Olimpiadasi ishtirokchisi boʻlgan Kaveliusning jagʻi va ikkita tishi singan. U shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holatni politsiya koʻrib chiqmoqda. Gruziyalik dzyudochi bir umrga musobaqalardan chetlatilishi mumkin.
Maʼlumot berilishicha, Kavelius 2028-yilgi Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan boʻlgan.

