Madonna 67 yoshida tarixiy rekord o‘rnatib, The Beatles guruhiga tenglashdi

Madonna 67 yoshida tarixiy rekord o‘rnatib, The Beatles guruhiga tenglashdi. O‘z biografik filmini suratga olishni to‘xtatgach, Madonna yangi tarix yaratishga qaror qildi va musiqa sanoatini zabt etdi. People nashrining xabariga ko‘ra, uning “Confessions II” albomi “Billboard” chartida tarixiy rekord o‘rnatdi.

Yulduzning yangi albomi “Billboard 200” reytingida birinchi o‘rinni egalladi va bu pop-yulduzning ushbu chartda peshqadamlik qilgan 10-plastinkasiga aylandi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 67 yoshli san’atkor afsonaviy “The Beatles” guruhiga tenglashdi.

Eslatib o‘tamiz, “Confessions II” relizi 3-iyul kuni bo‘lib o‘tgandi. Plastinka 2005-yilda chiqqan mashhur “Confessions on a Dance Floor” albomining uzoq kutilgan davomi bo‘ldi. Albomni tanqidchilar ham, tinglovchilar ham yuqori baholadi. Endi hatto Madonnaga 16 yillik tanaffusdan so‘ng “Gremmi”ni qo‘lga kiritishi ham bashorat qilinmoqda. Qo‘shiqlardan birida yulduzning aktyor Shon Penn bilan o‘tmishdagi munosabatlariga doir qiziqarli ishoralar ham sezilgan.

Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.