Madaniyat va san’at loyihalariga 1,5 mlrd so‘mgacha grant ajratish taklif etilyapti
O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi loyihalarni davlat grantlari asosida moliyalashtirishning yangi tartibi ishlab chiqilmoqda

Madaniyat va san’at loyihalariga 1,5 mlrd so‘mgacha grant ajratish taklif qilinmoqda
O‘zbekistonda madaniyat va san’at yo‘nalishidagi loyihalarni davlat grantlari hisobidan moliyalashtirishning yangi tartibi ishlab chiqilmoqda. Madaniyat vazirining idoraviy buyrug‘i loyihasida tanlov o‘tkazish, g‘oliblarni aniqlash hamda mablag‘ ajratish shartlari belgilangan.
Loyihaga muvofiq, grant tanlovlari har yili kamida bir marta o‘tkaziladi. Mablag‘lar Davlat budjetidan Madaniyat vazirligiga ajratiladi.
Grant miqdori loyiha yo‘nalishiga qarab belgilanadi. Jumladan:
Tanlovda nodavlat tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari va ijodiy jamoalar qatnashishi mumkin. Har bir talabgor faqat bitta yo‘nalish bo‘yicha ariza topshirishi mumkin. Tanlovda ishtirok etish bepul bo‘ladi.
Tanlovni besh bosqichda o‘tkazish rejalashtirilgan. Avval arizalar saralanadi, so‘ng ishtirokchilar o‘z loyihalarini komissiya oldida himoya qiladi. Loyihalar 100 ballik tizimda baholanadi va kamida 60 ball to‘plaganlar ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtirish uchun tavsiya etiladi.
Shuningdek, grant mablag‘larining maqsadli sarflanishi nazorat qilinadi. Mablag‘dan maqsadsiz foydalanilgan yoki belgilangan natijalarga erishilmagan taqdirda, uni to‘liq yoki tegishli qismini qaytarish talab qilinishi mumkin.

