«Lukoyl» Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda

«Lukoyl» Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirish niyatida
6 oktyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev «Lukoyl» asoschisi Vagit Alekperov bilan kompaniyaning mamlakat energetika sektoridagi amaldagi loyihalari va uning ishtirokini kengaytirish rejalarini muhokama qildi.
Xususan, suhbat geologiya-qidiruv ishlari, uglevodorod konlarini oʻzlashtirish va neft mahsulotlari chakana savdo tarmogʻini rivojlantirishga tegishli boʻldi.
Alekperov prezidentga kompaniyaning Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarining hozirgi holati haqida maʼlumot berdi.
Tomonlar «Lukoyl»ning mamlakatdagi faoliyatini kengaytirish rejalarini alohida koʻrib chiqdilar.

